×

Vodiyda xorijda o’qish bo’yicha yangi ta’lim agentligi ochildi: grantlar – 100% gacha!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3252 marta

CHOP ETILGAN

21.11.2018

Bilimga chanqoq Vodiy yoshlari uchun xorijda tahsil olish imkoniyati yanada kengaydi! Namangan shahrida tashkil etilgan The King Education ta’lim agentligi dunyoning deyarli barcha rivojlangan davlatlariga o’qishga kirish va o’qish uchun turli grant hamda stipendiyalarni qo’lga kiritishda o’z xizmatlarini taklif etadi.

Agentlik boshqa firmalardan tubdan farq qiladi va quyidagi afzalliklarni taqdim qiladi:

  • Har yili ikki martadan qabul (bahor va kuz mavsumlarida)
  • Hujjat tayyorlashda bepul yordam
  • Xalqaro reytingi yuqori universitetlarga barcha bosqichlar (bakalavriat, magistratura va doktorantura) bo’yicha 100%gacha grantlar.

Hozirda agentlik tomonidan quyidagi davlatlarga grant dasturlari taklif etiladi:

1. Janubiy Koreya. Agentlik Janubiy Koreyaning o’nlab shaharlarida joylashgan 40 ga yaqin universitetlar bilan aloqa o’rnatgan. Janubiy Koreya universitetlarida nomzodlar ko’rsatkichlariga qarab 100%gacha grantlarni qo’lga kiritishi mumkin.

Agentlik quyidagi qulay shartlar asosida Janubiy Koreya universitetlariga o’qishga kirishingizni ta’minlaydi:

  • Til kurslari uchun hech qanday til sertifikati talab etilmaydi va nomzodlar til kurslariga telex viza orqali yuboriladi.
  • Bakalavr bosqichi uchun nomzod minimum IELTS 5.5 yoki TOPIK 2 yoxud TOPIK 3 ga ega bo’lishi kerak.
  • Magistratura va PhD uchun minimum IELTS 5.5 yoki TOPIK 3 yoxud TOPIK 4 ga ega bo’lishi kerak.

Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida o’qish uchun elchixonadan viza olish – 90%ga hisoblanadi!

Janubiy Koreya universitetlariga hujjatlar universitetga qarab 2019-yilning 10- yoki 15-dekabrigacha qabul qilinadi.

2. Xitoy. The King Education ta’lim agentligi Xitoy bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qiluvchi kam sonli agentliklardan biri hisoblanadi. Hozirda agentlik Xitoyning nufuzli universitetlarida tahsil olish uchun 100%gacha grantlarni taqdim etadi.

Eng muhimi, ushbu grantlarni qo’lga kiritish aslo qiyin emas. Grant uchun talablar quyidagicha:

  • Kollej yoki litsey diplomiga ega bo’lish (GPA: 70%)
  • Ingiliz tilidan o’rtacha bilim
  • IELTS, TOEFL yoki HSK talab etilmaydi!

100%lik grantlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Kontrakt to’lanmaydi
  • Bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi
  • Oylik stipendiya beriladi.

Hozirda mavjud grant dasturlari jadvali

Batafsil ma’lumot uchun: +99897-592-78-88; +99894-302-92-50

Manzil: Namangan shahri, To’raqo’rg’on ko’chasi, 141-uy, Makro supermarket 2-qavat.

Agentlikning telegram kanali

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!