×

Mukofot jamg’armasi 30 ming AQSH dollari bo’lgan Wege Prize tanlovi!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

2856 marta

CHOP ETILGAN

24.10.2018

Qayerda: Onlayn

Kim uchun: Talabalar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 18-noyabrigacha

Umimiy ma’lumot: Har yili o’tkaziladigan Wege Prize tanlovi tashkilotchilari bu yil ham butun dunyo talabalarini o’zining yorqin g’oylari orqali dunyo iqtisodiyoti rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shishga imkoniyat beruvchi  Wege Prize 2019 tanloviga ishtirok etishga taklif qiladi. Tanlov maqsadi bakalavr hamda magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarning hamjihatlik bilan iqtisodiyotning amaldagi holatini o’rganib, mavjud  muammolarga yechim topish, hamda uning rivojlanishi borasida yangicha takliflar ishlab chiqishini qo’llab quvvatlash hisoblanadi. Tanlovda talabalar individual yoki guruh bo’lib ishtirok etishlari mumkin.

Wege Prize 2019 tanlovi How can we create a circular economy? savoli doirasida to’rt bosqichda 9 oy davomida o’tkaziladi.

  • Birinchi bosqichda- nomzodlardan o’z guruhlari haqida maxsimum 1000 so’zli bayon hamda shu hajmdagi Tadqiqot rejalari bayon etilgan insho online taqdim etilishi so’raladi.
  • Ikkinchi bosqichda- birinchi bosqichdan saralangan nomzodlarning ish proyektlari  uchinchi bosqich uchun taqdim etiladi.
  • Uchinchi bosqichda – ikkinchi bosqichda saralangan ishtirokchilarning ish namunalari guruh a’zolari tomonidan yana ham rivojlantirilib keyingi bosqich uchun taqdim etiladi.
  • Tortinchi bosqichda- ishtirokchilar tomonidan o’rganilayotgan tadqiqot ishining taqdimoti  guruh a’zolaridan biri tomonidan taqdim etiladi va yakuniy g’olib ushbu bosqichda aniqlanadi.

Tanlov bosqichlarining jarayoni haqida bu yerda to’liq tanishib chiqshingiz mumkin.

Grantning manfaatli jihatlari:

Wege Prize 2019 tanlovi g’oliblari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

  • Birinchi o’rin sohiblari – 15000 AQSH dollari
  • Ikkinchi o’rin sohiblari -10000 AQSH dollari
  • Uchinchi o’rin sohiblari – 5000 AQSH dollari
  • To’rtinchi o’rin sohiblari – 1000 AQSH dollari

Nomzodga talablar

Wege Prize 2019 tanlovida ishtirokchi etmoqchi bo’lgan nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichi talabasi bo’lishi lozim
  • Guruh bo’lib ishtirok etmoqchi bo’lgan talabalar, 5 kishidan iborat bo’lgan guruh tuzishlari va guruhning 3 a’zosi turli fan yo’nalishi talabalari bo’lishi lozim.

Tanlov ishtirokchilariga belgilangan talablar bilan bu yerda to’liq tanishishingiz mumkin.

Hujjat topshirish jarayoni:

Wege Prize 2019 tanlovida ishtirok etish uchun  www.wegeprize.org sayti orqali online ro’yhatdan o’tishingiz lozim. Online ro’yhatdan o’tish haqida  bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun wicked@wegeprize.org   elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!