×

London Westminster universiteti: yoʻnalishlar, grantlar hamda oʻqish haqida


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

61244 marta

CHOP ETILGAN

22.10.2018

Qisqacha maʼlumot:

Qachon asos solingan – 1838 yilda Qirollik Politexnika instituti sifatida. 1992 yilda universitet maqomi berilgan;
Rasmiy saythttps://www.westminster.ac.uk/;
Talabalar soni – dunyoning 132 dan ortiq davlatlaridan kelgan 22 mingdan ziyod;
Taʼlim olish muddati – bakalavr: 3-4 yil; magistratura: 1 yil;
Kontrakt – yoʻnalishga qarab turlicha. Toʻliq maʼlumot: BU YERDA;
Necha yoshdan hujjat topshirish mumkin – Ingliz tilida bakalavr dasturi – 17 yoshdan; Ingliz tilida magistratura dasturi – 21 yoshdan; MBA – 21 yoshdan; International Year One – 17 yoshdan kattalar uchun moʻljallangan;
Universitet reytingi – Britaniyaning The Guardian gazetasi roʻyxatida universitet Buyuk Britaniyada mavjud 120 oliy oʻquv yurti ichida 55-oʻrinni; Fastrack Education kompaniyasi roʻyxatida esa universitet 129 tadan 95-oʻrinni egallagan (muddatga koʻra maʼlumotlar oʻzgarishi mumkin).

Qayerda joylashgan:
Manzil – 309 Regent Street, London W1B 2HW.
Murojaat uchun telefon: +44 (0) 20 7911 5000; Toʻliq maʼlumot: BU YERDA;
Oʻzbekistonda – Xalqaro Vestminster universitetining Toshkentdagi filiali.
Manzil: Toshkent shahri 100047, Istiqbol koʻchasi, 12-uy.
Murojaat uchun telefon: (+998 71) 236-35-99;
Rasmiy sayt: http://www.wiut.uz;

Universitet haqida

Vestminster universiteti tarkibida 4 ta kampus mavjud: 3 tasi London markazida, bittasi markazdan London metrosida 20 daqiqalik yoʻl masofadagi Xarrou – Londonning shimoliy tumanlaridan birida joylashgan. Xarrouda Biznes maktabi, 2018 yilda tashkil etilgan Liberal sanʼat va fanlar kolleji hamda Mediaindustriya va dizayn kolleji mavjud. Har bir shaharcha oʻzining kutubxonasi, kompyuter zali va oshxonasiga ega. Vestminster universiteti qoshida London Diplomatiya akademiyasi boʻlib, unda xalqaro siyosat va diplomatiya boʻyicha magistrlik darajasini egallash mumkin. Universitetning quyidagi fakultetlarida bakalavriat va magistratura dasturlarida oʻqish mumkin:

  • Arxitektira va qurilish fakulteti;
  • Biologiya fanlari fakulteti;
  • Huquqshunoslik fakulteti;
  • Ijtimoiy, gumanitar va chet tillari fakulteti;
  • Mediaindustriya va dizayn fakulteti;
  • Umumiy sogʻliqni saqlash fakulteti;
  • Elektron qurilmalar va hioblash texnikasi fakulteti;
  • Vestminster biznes maktabi.

Shuningdek, aspirantura va professional va qisqa muddatli kurslarda ham oʻqish imkoniyati mavjud. Barcha taʼlim yoʻnalishlari haqida: BATAFSIL.

Oʻqish necha yil?

Taʼlim olish muddati bakalavriat uchun 3 yil, “sendvich-kurs”lar uchun 4 yil. Bakalavriatga hujjat topshiradigan talabgorlar:

  • 18 yoshdan katta boʻlishi;
  • 30 maygacha hujjat topshirishi;
  • IELTS 6.0 va undan ortiq boʻlishi talab etiladi.

Magistratura bir yil. Talabgor:

  • 21 yoshdan katta;
  • 15 iyulgacha hujjat topshirishi;
  • IELTS 6.5 va undan ortiq boʻlishi kerak.

Shuningdek, har bir boʻlajak talaba:

  • Motivatsiya xati;
  • Rezyume va oʻqituvchi/ish beruvchidan tavsiyanoma;
  • Toʻldirilgan registratsiya formasi;
  • Ingliz tiliga tarjima qilingan attestat yoki diplom (baholar bilan) tayyorlashi lozim boʻladi.

Qayerda tayyorlanish mumkin?

Universitet ingliz tilini egallaganlik darajasini takomillashtirish maqsadida yozgi til kurslari, IELTS kurslari hamda akademik ingiz tili kurslarida ishtirok etishni tavsiya etadi: BATAFSIL.

Bundan tashqari, bakalavriat va magistraturaga kirishga bilim darajasi yetmagan talabalarga yordam berish maqsadida Londondagi Kaplan Xalqaro kolleji bilan hamkorlikda Foundation va Pre-Master kurslarini taklif etadi: BATAFSIL.

Vestminster universitetida chet ellik talabalar uchun qanday stipendiya dasturlari bor?

Universitetda xorijlik talabalar bir qator Xalqaro stipendiyalar dasturlarida ishtirok etishlari mumkin (2018 yil 21 oktyabr holatiga koʻra):

Buyuk Britaniyalik talabalar uchun Birlashgan Qirollik (UK) stipendiyalari.

Chet ellik talaba va aspirantlar uchun viza, oʻqish, turar joy va taʼlim dasturlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan batafsil BU YERDA tanishish mumkin.

Taʼlim olish jarayonida darsdan keyin ishlash mumkinmi?

Oʻqish vaqtida ishlash kerakli mablagʻni toʻplash, qolaversa, taʼlim bilan bogʻliq boʻlgan va boʻlmagan tajriba, malaka va koʻnikmalarni egallashga imkon beradi. Ammo Vestminster universitetida oʻqish davomida ishlash uchun kerakli viza darajsiga ega boʻlish talab qilinadi. Masalan, 4 darajadagi viza sohiblari kurslarda oʻqish vaqtida haftasiga 20 soatgacha va taʼtil davrida toʻliq kun ishlashlari mumkin. Tier 4 vizaga ega boʻlganlar esa haftasiga 10 soat ishlashlariga ruxsat beriladi.

Taʼlim olish davrida ishlash uchun Talabalar Kengashi bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Ish bilan taʼminlash masalalarida esa UKCISA tashkilotiga murojaat qilish lozim.

Oʻqish davomida qayerda yashash mumkin?

Universitet aspirant, almashuv dasturi va qisqa muddatli kurslarda oʻqish uchun qabul qilingan talabalarga quyidagi turar joylarda yashashni taklif etadi:

  • Xarrou Xoll – erkak jinsiga mansub boʻlgan aspirant va doktorantlar, shuningdek, postdoktorlar uchun. Narxi haftasiga £ 127,54 – £ 230,02;

    Harrow Hall

  • iQ Raffles House – aspirant va doktorantlar, shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha oʻqiyotganlar uchun. Narxi haftasiga £ 192,00;

    IQ Raffles Hause

  • Merileboun Xoll – chet ellik talaba almashish dasturlari ishtirokchilari hamda aspirantlar uchun. Toʻlov haftasiga £ 178,57 – £ 269,50;

    Merilboun Hall

  • Aleksandr Fleming Xoll – chet ellik talaba almashish dasturlari ishtirokchilari hamda aspirantlar uchun. Toʻlov haftasiga £ 178.99 ni tashkil etadi.

    Alexandr Fleming Hall

Londondagi Vestminster universiteti butun dunyo davlatlarida oʻz filiallariga ega boʻlgan nufuzli taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. U talabalarga 200 dan ortiq mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim dasturlarini taklif qiladi. Aleksandr Fleming, Richard Rayt, Rodjer Uoters, Nik Meyson, Sid Barrett kabi shaxslar ushbu universitetda taʼlim olib, mashhurlikka erishganlar.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!