×

“WikiStipendiya”ning uchinchi mavsumi boshlandi – mukofot jamgʻarmasi 375 mln soʻm!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1511 marta

CHOP ETILGAN

02.05.2024

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Barcha uchun

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2024-yil, oktabr

Asosiy maʼlumot

WikiStipendiya – bu Oʻzbekcha Vikipediyadagi kontentni yaxshilashga qaratilgan viki loyihadir. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yosh ijodkorlar kengashi hamda Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.

Hozirda WikiStipendiya loyihasining uchinchi mavsumida oʻtish uchun roʻyxatdan oʻtish jarayoni davom etmoqda. Joriy mavsumda ishtirokchilar 5 nafar aʼzodan iborat jamoa sifatida qatnashadi va jamoalarni marafonga qabul qilish butun marafon mobaynida davom etadi. Ishtirokchilardan marafon davomida Vikipediyaga maqolalar va boshqa turdagi kontent qoʻshish talab etiladi.

WikiStipendiya marafonining uchinchi mavsumi oʻzida bir qancha ichki loyihalarni jamlagan, Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi yoshlarni birlashtiruvchi, oʻquv muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobatni rivojlantirishga hissa qoʻshuvchi va pirovardida internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi maʼlumotlarning son va sifat jihatidan koʻpayishiga hissa qoʻshuvchi loyihadir.

Uchinchi mavsum 2024-yil yanvar – noyabr oylarida quyidagi bosqichda oʻtkaziladi: Premarafon bosqichi (yanvar – aprel), Asosiy marafon (may – oktyabr), Grand final (noyabr).

Uchinchi mavsumning avvalgi mavsumlardan farqi:

  • Marafonda jamoaviy ishtirok etiladi;
  • Marafon doirasida nafaqat yangi maqolalar, balki tarjimalar, tahrirlar va yangi fotosuratlar joylanishi taʼminlanadi;
  • “Paramarafon” — nogironligi boʻlgan ishtirokchilar uchun maxsus, individual tanlov;
  • “WikiNations” — xorijiy mamlakatlar elchixonalari bilan hamkorlikda tashkil etiluvchi sayohat dasturi;
  • “WikiTaʼlim” dasturi boʻyicha ilk amaliy tajriba amalga oshiriladi (Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan birga).

Mukoforlar

Marafon gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:

  • 1-oʻring – 150 mln soʻm.
  • 2-oʻrin – 125 mln soʻm.
  • 3-oʻrin – 100 mln soʻm.

Shartlar va talablar

Marafonga Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilardan tashkil topgan guruhlar qatnasha oladi. Buning uchun nomzodlar dastlab oʻzaro kelishgan holda 5 kishilik jamoa tuzishi va jamoa sardori jamoani roʻyxatdan oʻtkazish uchun maxsus soʻrovnomani toʻldirishi kerak.

Vikipediyada qanday roʻyxatdan oʻtish va hisob yaratish, maqola yaratish va boshqa zaruriy maʼlumotlar bilan maxsus video qoʻllanmalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Oldingi mavsum sovrindorlari (birinchi mavsum kuchli uchligi, beshligi va oʻnligi, shuningdek, ikkinchi mavsum oyliklar gʻoliblari (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin sohiblari)), oʻzbekcha vikipediyaning amaldagi va sobiq administratorlari bitta jamoada bir nafardan koʻp boʻlishi mumkin emas.

Jamoa aʼzolari tarkibi marafon boshlanganidan soʻng har yigirma kunda (bir turda ikki marta) yangi tarkibni tashkiliy jamoaga yuborish orqali yangilanishi mumkin. Har bir yangilashda koʻpi bilan ikki kishigacha oʻzgartirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, kontent, maqola, suratlar va boshqalarga qoʻyilgan talablar hamda shartlar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Qabul jarayoni

Bu marafonda ishtirok etish uchun dastlab jamoa sifatida roʻyxatdan oʻtish lozim. Jamoani roʻyxatdan oʻtkazish uchun jamoa sardori BU YERDA maxsus soʻrovnomani toʻldirishi kerak. Jamoalarni qabul qilish marafon mobaynida, yaʼni 2024-yil oktabrgacha davom etadi. Lekin gʻolib boʻlish imkoniyatlarini oshirish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish tavsiya etiladi.

MUHIM: Ishtirok etish uchun ariza berishdan avval marafon qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Telegram bor
Tel.+998330007133

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!