×

Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti – xalqaro ta’limni O‘zbekistonda olish imkoniyatini taklif qiladi; 50 ta grant oʻrni qoldi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1357 marta

CHOP ETILGAN

23.08.2022

Xalqaro qishloq xoʻjalik universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-maydagi “Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetini tashkil qilish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi” qaroriga asosan Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti (RAU) bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Toshkentda joylashgan ushbu universitetni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar Oʻzbekiston va butun dunyoda rasman tan olinadigan RAU (Royal Agricultural University) diplomiga ega boʻladi.

Universitetning birinchi va ikkinchi bosqichlari uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Ikkinchi bosqichdan o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lgan talabalar boshqa oliy ta’lim muassasalarining birinchi kursini muvaffaqiyatli tugatgan bo‘lishlari shart.

Barcha darslar “science-based practice-oriented” shiori ostida ingliz tilida, chet ellik professorlar tomonidan olib boriladi.

Talabalar darslar davomida nafaqat qishloq xoʻjaligiga oid eng oxirgi innovatsion texnologiyalar bilan tanishib boradi, shuningdek amaliyotda uni qoʻllash imkoniyatiga ham ega boʻladi.

Universitet bu yilgi qabul uchun jami 200 ta grant oʻrni ajratgan va hozirda shulardan 50 tasi qolgan (150 ta grant oʻz egasini topgan). Grantlar 4 yil davomida universitetda bepul oqishni taʼminlaydi.

Universitet darslari toʻliq ingliz tilida boʻlganligi sababli nomzodlardan ingliz tilini bilish (kamida IELTS 5.0 darajada) talab etiladi. Ingliz tili bilish darajasini belgilab beradigan sertifikatlarni (IELTS, CEFR, TOEFL) olishga ulgurmagan abituriyentlar uchun universitetning til boʻyicha ichki imtihoni boʻlib oʻtadi.

Hozirda ushbu universitetda quyidagi yoʻnalishlar mavjud:

  • Agronomiya
  • Agroiqtisodiyot
  • Agrologistika
  • Aqlli qishloq xoʻjaligi
  • Biotexnologiya
  • Oziq-ovqat xavfsizligi
  • Chorvachilikni rivojlantirish

Arizalar 2022-yil 7-sentabrgacha qabul qilinadi.

Qoʻshimcha maʼlumot va savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

  • +99899 981 09 19
  • +99895 780 00 28

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!