×

Xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari uchun kvotalar tasdiqlandi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

6887 marta

CHOP ETILGAN

30.08.2018

Quyidagi OTMlarda 2018/2019 o‘quv yili qabuli uchun xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha kvotalar tasdiqlandi:

1) O‘zbekiston milliy universiteti;
2) Toshkent tibbiyot akademiyasi;
3) Toshkent davlat agrar universiteti.

Kontraktmi, byudjetmi?

Barcha kvotalar to‘lov-kontrakt asosida belgilandi.

Hujjatlar qachongacha qabul qilinadi?

Xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 10 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Imtihonlar qachon bo‘ladi?

Kirish imtihonlari 15-20 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

O‘qish qachondan boshlanadi?

Xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘qish istisno tariqasida joriy yilning
1 oktyabridan boshlanadi.

Izoh: qo‘shma dastur doirasida ta’lim oladigan talabalar o‘qishi mazkur va respublikaning boshqa OTMlari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘qishi ko‘chirilmaydi va tiklanmaydi.

Quyidagi suratda qo‘shma dastur asosida ochilgan 3 ta OTMdagi yo‘nalishlar va hamkor xorijiy OTMlar ro‘yxati, kvotalar soni berilgan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni OTMlarning o‘zidan olishingiz mumkin.

Manba: Xushnudbek.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!