×

Xorijda oʻqimoqchi boʻlgan talabalar uchun turar joy izlashga doir maslahatlar


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1822 marta

CHOP ETILGAN

31.03.2019

Oʻqishga kirganingizdan keyingi eng asosiy masalalardan biri – yashash uchun joy topish. Odatda talabalar turar joyiga ariza berganingizda bu masala ijobiy hal boʻladi. Lekin har doim ham bunday boʻlmasligi mumkin.

Agar Buyuk Britaniyaga oʻqishga kirgan boʻlsangiz-chi? UKʻs clearing processdan oʻtishi kerak boʻlgan talabalarni bu yanada qoʻrquvga soladi. Maqolamizda turar joy izlayotib oʻzingizga beradigan 7 ta savolga javoblar tayyorlangan:

1. Oʻqishga qachon hujjat topshirmoqchisiz? Turar joyni universitet kampusidan topish uchun, xonalar tugab qolguncha ariza topshirib boʻlishingiz kerak. Oxirgi daqiqalarda nima qilishni bilmay qolgandan koʻra, universitetga ertaroq ariza berishni rejalashtiring.

2. Dedlayn qachon? Hujjat topshirish dedlaynlari bilan tanishib chiqib, kundalik yoki yondaftaringizga belgilab qoʻying. Bu tanlagan universitetingiz va kursingizga qarab farq qilishi mumkin. Shuning uchun yotoqxonaga joylashishga ariza berishga vaqtingiz qoladimi-yoʻqmi, buni ham hisoblang. Keyin shundan kelib chiqib, ariza topshirasiz.

3. Mablagʻingiz yetarlimi? Albatta, bu masalada moliyaviy ahvol katta rol oʻynaydi. Shunga qaramay, qancha narx atrofida turar joyga pul ajratishingiz mumkinligini hisoblab koʻring.

4. Narxga nimalarni oʻz ichiga oladi? Avvalo turar joy toʻloviga qanday qulayliklar kiritilganini aniqlang. Koʻpchilik villa/yotoqxonalar toʻlov ichiga bepul internet, kommunal toʻlovlar kabilarni qamrab oladi. Kutilmaganda birorta yashirin xarajat “syurpriz” boʻlib chiqib qolmasligi uchun nyuanslarni batafsil oʻrganib chiqish kerak.

5. Shartnoma muddatlari bilan sinchiklab tanishib chiqing. Masalan, sizning universitet joylashgan davlatda boʻlish vaqtingiz bilan turar joyning xizmat koʻrsatish vaqti bir-biriga toʻgʻri kelmasligi mumkin. Masalan, ayrim kampuslar xayit, yangi yil kabi bayramlarda talabalarni turar joydan chiqarib yuboradilar. Taʼtil paytida koʻch-koʻroningizni koʻtarib ijara xona izlashni istamasangiz, bu kabi holatlar boʻlmasligiga harakat qiling.

6. Qaysi hududda yashamoqchisiz? Tanlagan turar joyingiz universitetda dars boʻladigan binoga yaqinmi yoki yoʻqligini alohida oʻylab koʻrish kerak. Turar joyingiz markazga qancha yaqin boʻlsa, transport xarajatlari va vaqt shuncha kam ketadi. Hatto ijara puli qimmatroq boʻlsa ham, bu sizga ancha foydali boʻladi.

7. Qulayliklar qanday boʻlishi kerak? Bunda sizga aynan qanday qulayliklarga ega turar joy kerakligini oʻylab koʻring. Hammom va boshqa sanitariya xonalari alohida boʻlgan yoki maydoni katta boʻlgan kvartira qimmatroq boʻlishi tabiiy. Pulingiz va imkoniyatlaringizdan kelib chiqqan holda tanlovni amalga oshiring: ham yashash qulay boʻlsin, ham toʻlov kamchiqim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!