×

Nostrifikatsiyalash tartibini takomillashtirish bo’yicha takliflaringizni bildiring


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

72 marta

CHOP ETILGAN

03.01.2018

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash tartibini takomillashtirish, jarayon shaffofligini ta’minlash va yillar davomida to’planib qolgan muammolar yechimini topish maqsadida amaldagi Nizomga o’zgartirishlar kiritish yuzasidan” ish olib bormoqda.

Bu haqida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o’zining facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Xabarda “Ushbu masala minglab mamlakatimiz fuqorolari uchun dolzarb ekanligini inobatga olib, sohani takomillashtirish yuzasidan takliflarni” taklif@tdi.uz manziliga yoki facebook’dagi sahifasi orqali ularga yo’llash imkoniyati borligini eslatib o’tilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan tuzilgan yangi tashkilot. Tashkilot O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirish va uning nufuzini oshirish maqsadida tuzilgan.

Saidov Sobit tayyorladi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!