×

Xorijiy tillarni tez fursatda va sifatli oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun – endi darslar IMO va WhatsApp orqali!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

6189 marta

CHOP ETILGAN

10.02.2019

Buxoro Davlat Universiteti bitiruvchilari yangi noodatiy startap – WebClass.uz loyihasini boshlashdi.

BuxDu Filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishini tamomlagan 3 nafar bitiruvchi birgalikda xorijiy tillarni oʻrgatuvchi yangi onlayn maktab (WebClass.uz) tashkil qilishdi. Eng qizigʻi bu maktab oʻqitish tizimi boshqalardan tubdan farq qiladi, yaʼni oʻqituvchilar oʻrganuvchilarga oʻzlari qoʻngʻiroq qilib IMO, WhatsApp yoki Zoom kabi videoqoʻngʻiroq dasturlari orqali onlayn dars oʻtishadi.

Bu tizim boshqa davlatlarda ham bormi?

Bunday oʻqitish tizimi Rossiya va Yevropa davlatlarida juda ommalashgan boʻlib, hozirgi kunda til oʻrganuvchilarning 70 foizi aynan shu tizimdan foydalanadilar. Misol sifatida Skeng va Englishdom kabi onlayn maktablarini koʻrsatish mumkin. Aslini olganda ham bunday oʻrganish juda qulay va samaralidir. Masalan, uyda, koʻchada, ishxonada va hattoki navbatda turgan paytda ham vaqtningizni behuda oʻtkazmasdan sevimli smartfoningiz yoki planshetingiz yordamida chet tilini oʻrganaverishingiz mumkin. Oʻqituvchilar 24 soat davomida savollaringizga javob berishga tayyor. Bu degani – oʻqituvchi bir kunda 24 soat Siz bilan ishlashi va til oʻrgatishi mumkin!

Hozirgi davrda o’qish, ish yoki sayohat maqsadida chet mamlakatlarga safarlar uyushtirish juda oson. Lekin hech bo’lmaganda rus yoki ingliz tilini bilmagan kishi maroqli sayohat haqidagi orzu qilmasa ham bo’ladi. Xuddi shu kabi muammolarga esa aynan WebClassʼda yechim topishingiz mumkin. Sizga 10 ta yoki 20 darsdan iborat kompakt paket tavsiya qilinadi va qisqa vaqt oraligʻida sizga eng zarur boʻlgan oson hamda mazmunli suhbat qurish malakasini oʻrgatiladi.

Agar Siz yirik kompaniya yoki tashkilotda ishlasangiz, tabiiyki muvaffaqiyatli karyeraga erishish uchun eng asosiy talablardan biri chet tilini bilishdir. Lekin tigʻiz ish tartibi va ogʻir mehnat Sigza vaqt hamda hafsala topishga toʻsqinlik qiladi. Ushbu loyiha esa aynan shunday muammolarga duch kelayotgan yurtdoshlarimizga judayam qoʻl keladi. Loyiha tashkil qilingandan keyingi dastlabki kunlaridanoq, loyihadan foydalanuvchilar soni keskin osha boshladi. Hozirgi kunda loyiha yordamida til oʻrganayotganlar xizmat sifatidan mamnun hamda oʻzlariga qulay usul va sharoitda rus va ingliz tillarni oʻrganmoqdalar.

Bunday kurslarning afzalliklari nimada?

Ushbu til kurslarining afzalliklari quyidagicha:

  • Vaqtningizni maksimal taqsimlay olasiz.
  • Offlayn kurslardan farqli oʻlaroq, bir oʻzingizga bir oʻqituvchi biriktiriladi.
  • Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar oʻrganish imkoniyati mavjud.
  • Sevimli gadjetingiz, albatta, qogʻozlardan koʻra qiziqarli va qulay.
  • Kutubxonalardan, kitob doʻkonlaridan va kanselyariya rastalaridan uzoqdasiz.
  • Asosan video va audio dasturlardan foydalanasiz (qiziqarli va oson)
  • Oʻqituvchingizga kunning 24 soati davomida istalgan payt tushunmagan savolingiz yuzasidan murojaat qila olasiz.
  • Onlayn klublarga aʼzo boʻlasiz
  • Transport va tushlik uchun har kunlik xarajatlardan holi bo’lasiz. Va boshqalar…

Ushbu loyihani yaratilishga asosiy turtki bo’lgan yana bir omil bu – koʻplab jismoniy imkoniyati cheklangan vatandoshlarimizga til oʻrganishlari uchun imkoniyat yaratish istagidir.

Hozircha startaperlar faqat rus va ingliz tilarini yoʻlga qoʻydilar va tez orada, tashkiliy va rasmiy jarayonlarni yakunlab, koreys hamda yapon tilarini oʻrgatish tizimini joriy qilish niyatidalar.

Agar Sizda ham rus yoki ingliz tilini oʻrganish istagi boʻlsa WebClass.uzʼga xush kelibsiz. Yoshingiz, faoliyat turingiz, qayerda yashashingiz va bilim darajangizdan qatʼi nazar, yangi noodatiy loyiha talabasiga aylanishingiz mumkin!

Batafsil maʼlumot olish va onlayn darslarga yozilish uchun +99897-307-30-11 raqamiga yoki @uzwebclass telegram akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!