×

10-18-yoshlilar uchun Xudoyberdi Toʻxtaboyev xotirasiga bagʻishlangan insholar tanlovi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

13504 marta

CHOP ETILGAN

07.12.2022

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: 10-18 yoshlilar uchun

Insholarni topshirish muhlati: 2022-yil 12-dekabrgacha

Asosiy maʼlumot

2022-yil 5-dekabrdan 12-dekabrga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bagʻishlangan III Respublika insholar tanlovini oʻtkazmoqda.

Tanlov umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin emas) o‘quvchilari o‘rtasida ikki yosh toifasida o‘tkaziladi:
• 10-14 yosh;
• 15-18 yosh.

Mukofotlar

G‘oliblar O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev tavvallud topgan 17-dekabr kuni respublika “Kamalak” bolalar tashkilotining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi va har ikkala yosh toifasi bo‘yicha quyidagilar bilan taqdirlanadi:

  • I o‘rin – diplom va zamonaviy noutbuk;
  • II o‘rin – diplom, aqlli soat (smart watch) hamda telefon quvvatlagich (power bank 10 000 mAh) ;
  • III o‘rin – diplom, zamonaviy termos hamda xotira kartasi (fleshka);
  • Bundan tashqari, 5 tagacha rag‘batlantiruvchi ishtirokchilar (yig‘ilgan ballaridan kelib chiqib o‘rinlardan keyingi turgan insholar) – faxriy yorliq hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Inshoni baholash tartibi

Ishtirokchi yozgan insho hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi tartibda baholanadi:

a) Insho mavzusi doirasida rejalarning to‘g‘ri tanlangani va imloviy, uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yilmagani bo‘yicha — 20 ball;

b) Inshodagi fikrlar asosan ishtirokchining shaxsiy fikrlari bo‘lishi va badiiy jihatdan saviyali tarzda yozilgani bo‘yicha — 20 ball;

c) Ishtirokchi Xudoyberdi To‘xtaboyev qalamiga mansub kitoblarni o‘qigani bo‘yicha inshoda batafsil o‘z mulohazalarini ilgari sura olganligi, qahramonlarga to‘g‘ri baho berganligi va asar g‘oyasini to‘la anglagan holda tasvirlagani bo‘yicha — 40 ball;

d) Insho bexato yozilgani bo‘yicha — 10 ball;

e) Inshoda Xudoyberdi To‘xtaboyev siymosi munosib e’tirof etilgani bo‘yicha – 10 ball.

Har bir ishtirokchi maksimal 100 ball to‘plash imkoniyatiga ega.

Shuningdek, tanlovning avvalgi yilgi bosqichlarida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar yosh toifasidan qat’i nazar (ilgari 10-14 yosh toifasida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, endilikda 15-18 yosh toifasida ham qatnashishi mumkin emas) qayta ishtirok etish huquqiga ega emas. 2-3-o‘rinlarni egallagan sovrindorlar bundan mustasno.

Inshoni yozish talablari

Insho ona tili daftariga yozilishi talab etiladi.

Ishtirokchi birinchi muqovada viloyati, tuman yoki shahri, maktabi, sinfi, ism, familiya, sharifini, yoshini to‘liq yozishi hamda ishtirokchi bilan bog‘lanish uchun kamida 2 ta telefon raqami qayd etilishi lozim.

Qolaversa, inshoni tartib bilan skaner qilgan tarzda pdf holatiga keltirib, maxsus bot orqali yo‘llanadi.

Ishtirokchi inshoning oxirgi sahifasiga o‘zining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini qo‘shib skaner qilishi shart.

Inshoga ishtirokchining o‘zi mavzu tanlaydi. Mavzu O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To’xtaboyev bilan aloqador bo’lishi shart.

Ishtirokchi o‘z inshosini telegramda @insholarbot manziliga yuboradi.

Tanlov yoʻriqnomasi bilan BU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!