×

“Yangi O‘zbekiston” mavzusida maqolalar tanlovida ishtirok etib, 6 mln soʻmgacha mukofot yutib oling!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2742 marta

CHOP ETILGAN

16.07.2022

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Barcha uchun

Ariza topshirish muhlati: 2022-yil 30-iyulgacha

Umumiy maʼlumot

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida Oʻzbekistonni yangi rivojlanish bosqichga koʻtarish borasida belgilangan taraqqiyot strategiyasining maqsad vazifalarini keng yoritish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston” mavzusida maqolalar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirganlar 2022-yilning 25-maydan shu yilning 25-iyuliga qadar gazeta va jurnallarda hamda Oʻzbekiston milliy axborot agentligi va matbuot nashrlarining rasmiy saytlarida eʼlon qilingan maqolalar bilan ishtirok etishlari mumkin.

Maqolalar Tashkiliy qoʻmita tomonidan 2022-yilning 30-iyuliga qadar qabul qilinadi.

Mukofotlar

Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:

  • 2 ta 1-oʻrin gʻolibi diplom hamda 6 (olti) million soʻmdan pul mukofoti bilan;
  • 2 ta 2-oʻrin gʻolibi diplom hamda 4 (toʻrt) million soʻmdan pul mukofoti bilan;
  • 2 ta 3-oʻrin gʻolibi diplom hamda 2 (ikki) million soʻmdan pul mukofoti bilan;
  • Shuningdek, qoʻshimcha 3 (uch) ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin mualliflari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Tanlov natijalari ommaviy axborot vositalarida hamda tashkilotchilarning internet sahifalarida eʼlon qilinadi.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi bayrami arafasida oʻtkaziladi.

Ishlarni topshirish va murojaat

Tanlovga ishlarni topshirish tartibini bilib olish yoki boshqa savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qiling:

Telefon: +99895 177 51-57
Telegram: +99897 745-35-76

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!