Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universitetida (eski nomi – Yangi Oʻzbekiston universiteti) yangi 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.
Prezident universiteti 2021-yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5158-sonli qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, Prezident maktablarining mantiqiy davomi hisoblanadi.
Oliygohda, AQSh, Germaniya, Misr, Hindiston va Eron kabi davlatlardan kelgan professor-o‘qituvchilar dars berishadi. Bu yerda talabalar ilk o‘quv yilidanoq AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yirik korxonalari va laboratoriyalarida amaliyot o‘tash imkoniga egalar. Universitet faxriy rektori – TUM (Myunxen Texnika Universiteti) 39-rektori, 800 dan ziyod ilmiy maqolalar va 80 ga yaqin patentlar egasi, nemis kimyogari Volfgang A. Hermann hisoblanadi.
2022-2023 o‘quv yili uchun universitetda quyidagi fakultet va yo’nalishlar uchun jami 300 nafar talaba qabul qilinadi:
Muhandislik fakulteti tarkibida:
- Kimyo muhandisligi,
- Mexanika muhandisligi
- Dasturiy ta’minot muhandisligi
- Nano- va ilg‘or materiallar muhandisligi
Boshqaruv fakulteti tarkibida:
- Sanoat boshqaruvi
Universitetning o‘quv reja va dasturlari Massachusets texnologiy instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
2022-2023-oʻquv yili uchun kirish imtihoni joriy yilning 21-iyul kuni Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. Talabalar universitetda oʻqish uchun 50%, 70%, 100% gacha grant yutib olish imkoniyatiga ega.
Imtihonlar har bir yo‘nalishlar kesimida quyidagi fanlardan bo’lib o’tadi:
Kimyo muhandisligi yo’nalishi uchun:
- Matematika fani
- Kimyo fani
Mexanika muhandisligi yo’nalishi uchun:
- Matematika fani
- Fizika fani
Dasturiy ta’minot muhandisligi yo’nalishi uchun:
- Matematika fani
- Fizika fani
Nano- va ilg‘or materiallar muhandisligi yo’nalishi uchun:
- Matematika fani
- Fizika fani
- Kimyo fani
Sanoat boshqaruvi yo’nalishi uchun:
- Matematika fani
- Tandiqiy va mantiqiy fikrlash
Oʻziga xos imkoniyatlar
“Yangi O‘zbekiston” universiteti o’z talabalariga:
- ilk o’quv yilidanoq AQSHning MIT J-Wel, Germaniyaning TUM Internatioanl GmbH kabi dunyoning eng nufuzli tashkilotlarida amaliyot o‘tash,
- rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar ro‘yxatidan joy olish,
- zamonaviy laboratoriya va kompyuter texnikalari bilan jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega oʻquv binosida tahsil olish,
- mahalliy va xorijiy professorlar qo‘lida ilm olish,
- xalqaro standartlarga mos kadr bo‘lib yetishish imkonini beradi!
Topshiriladigan hujjatlar
Universitetga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki ID karta elektron nusxasi.
- Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma yoki kollej/ lisey diplomi (agar abiturient hali ushbu hujjatni olmagan bo‘lsa, o‘rta ta’lim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida ma’lumotnoma).
- IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yo’nalishi uchun 6.0) yoki TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yo’nalishi uchun 60) va undan yuqori ballni ko‘rsatuvchi original sertifikatni elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi).
- Oxirgi 3 oy ichida olingan 3*4 rasm.
Arizalar 2022-yil 20-iyungacha BU YERDA qabul qilinadi.
Manzil: 100007 Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi 54
Mo’ljal: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, B bino.
Call-markaz: +998 71 202 41 11
Universitetning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: