×

Prezident universiteti abituriyentlarga 100% gacha grantlar taklif etmoqda; qabul 20-iyungacha


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

8861 marta

CHOP ETILGAN

15.06.2022

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universitetida (eski nomi – Yangi Oʻzbekiston universiteti) yangi 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

Prezident universiteti 2021-yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5158-sonli qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, Prezident maktablarining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Oliygohda, AQSh, Germaniya, Misr, Hindiston va Eron kabi davlatlardan kelgan professor-o‘qituvchilar dars berishadi. Bu yerda talabalar ilk o‘quv yilidanoq AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yirik korxonalari va laboratoriyalarida amaliyot o‘tash imkoniga egalar. Universitet faxriy rektori – TUM (Myunxen Texnika Universiteti) 39-rektori, 800 dan ziyod ilmiy maqolalar va 80 ga yaqin patentlar egasi, nemis kimyogari Volfgang A. Hermann hisoblanadi.

2022-2023 o‘quv yili uchun universitetda quyidagi fakultet va yo’nalishlar uchun jami 300 nafar talaba qabul qilinadi:

Muhandislik fakulteti tarkibida:

  • Kimyo muhandisligi,
  • Mexanika muhandisligi
  • Dasturiy ta’minot muhandisligi
  • Nano- va ilg‘or materiallar muhandisligi

Boshqaruv fakulteti tarkibida:

  • Sanoat boshqaruvi

Universitetning o‘quv reja va dasturlari Massachusets texnologiy instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladi.

2022-2023-oʻquv yili uchun kirish imtihoni joriy yilning 21-iyul kuni Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. Talabalar universitetda oʻqish uchun 50%, 70%, 100% gacha grant yutib olish imkoniyatiga ega.

Imtihonlar har bir yo‘nalishlar kesimida quyidagi fanlardan bo’lib o’tadi:

Kimyo muhandisligi yo’nalishi uchun:

  • Matematika fani
  • Kimyo fani

Mexanika muhandisligi yo’nalishi uchun:

  • Matematika fani
  • Fizika fani

Dasturiy ta’minot muhandisligi yo’nalishi uchun:

  • Matematika fani
  • Fizika fani

Nano- va ilg‘or materiallar muhandisligi yo’nalishi uchun:

  • Matematika fani
  • Fizika fani
  • Kimyo fani

Sanoat boshqaruvi yo’nalishi uchun:

  • Matematika fani
  • Tandiqiy va mantiqiy fikrlash

Oʻziga xos imkoniyatlar

“Yangi O‘zbekiston” universiteti o’z talabalariga:

  • ilk o’quv yilidanoq AQSHning MIT J-Wel, Germaniyaning TUM Internatioanl GmbH kabi dunyoning eng nufuzli tashkilotlarida amaliyot o‘tash,
  • rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar ro‘yxatidan joy olish,
  • zamonaviy laboratoriya va kompyuter texnikalari bilan jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega oʻquv binosida tahsil olish,
  • mahalliy va xorijiy professorlar qo‘lida ilm olish,
  • xalqaro standartlarga mos kadr bo‘lib yetishish imkonini beradi!

Topshiriladigan hujjatlar

Universitetga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  1. Shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki ID karta elektron nusxasi.
  2. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma yoki kollej/ lisey diplomi (agar abiturient hali ushbu hujjatni olmagan bo‘lsa, o‘rta ta’lim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida ma’lumotnoma).
  3. IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yo’nalishi uchun 6.0) yoki TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yo’nalishi uchun 60) va undan yuqori ballni ko‘rsatuvchi original sertifikatni elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi).
  4. Oxirgi 3 oy ichida olingan 3*4 rasm.

Arizalar 2022-yil 20-iyungacha BU YERDA qabul qilinadi.

Manzil: 100007 Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi 54

Mo’ljal: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, B bino.

Call-markaz: +998 71 202 41 11

Universitetning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!