×

Yapon tili testi- JLPT kimlar uchun va qanday topshiriladi?


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

10368 marta

CHOP ETILGAN

20.10.2018

Nixongo noryoku siken (日本語能力試験) yoki Japanese-Language Proficiency Test (JLPT) – yapon tili ona tili boʻlmagan shaxslarning yapon tilini egallaganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan imtihon. Ta’lim yapon tilida olib boriladigan oʻquv yurtlarga hujjat topshirish yoki Yaponiyada ishlash yoki malaka oshirish istagidagi talabgorlar uchun. Ilk bor 1984 yilda 15 davlatda taxminan 7000 nafar talabgor ishtirokida oʻtkazilgan. 2017 yilda bu imtihonni 81 davlatda 1 milliondan ortiq ishtirokchilar topshirgan.

JLPT haqida qisqacha

Til – yapon tili;

TashkilotchiYapon Fondi (The Japan Foundation);

Rasmiy sayt – https://www.jlpt.jp/;

Nechta davlatda oʻtkaziladi – 81 dan ortiq;

Yilda necha marta oʻtkaziladi –yilda 2 marta: iyul va dekabrda;

Roʻyxatdan oʻtish – BU YERDA;

Imtihon haqi – 2018 yil uchun N1, N2, N3 – 95 dollar, N4, N5 – 85 dollar (muddatga qarab narx oʻzgarishi mumkin);

Sertifikatning amal qilish muddati – cheklanmagan;

Davomiyligi – 1 soat 45 daqiqadan 2 soat 50 daqiqagacha;

Baholanishi – 180 ballik tizimda;

Oʻzbekistonda qayerda topshirish mumkin – Oʻzbek-Yapon markazida. Manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi 107 b-uy, Xalqaro Biznes Markazi, 6-qavat. Maʼlumot uchun telefon: +998 (71) 120-73-94/95;

Faks: :+998 (71) 120-73-96;

e-mail: infomail@ujc.uz;

Rasmiy sayt: https://www.ujc.uz/.

JLPT: darajalar, talablar, ajratiladigan vaqt, baholash tartibi va oʻtish ballari

Imtihonning har bir darajasi uchun sinovlar uch qismda boʻlib oʻtadi: Reading, Language Knowledge va Listening. Darajaning murakkabligiga koʻra 1 soat 45 daqiqadan 2 soat 50 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Baholash 180 ballik tizimda, oʻtish bali darajaga qarab 80 dan 100gacha. Professional daraja N1 boʻlsa, eng yengili N5 hisoblanadi.

N1:Yapon tilini barcha vaziyat va hollarda tushunish

1) Reading (Oʻqish):

  • Mantiqiy va abstrakt mazmundagi matnlarni, jumladan, har xil mavzulardagi badiiy, tanqidiy maqolalarni oʻqish, shuningdek, ularning mohiyati va strukturasini tushunish;
  • Turli mavzulardagi chuqur mazmunga ega yozma materiallarni oʻqish va muallifning maqsadi toʻgʻrisida atroflicha mushohada yuritish.

2) Language Knowledge (Til bilish):

Soʻz boyligi (Vocabulary/Grammar) (lugʻat/grammatika)

3) Listening (Tinglab tushunish):

  • Audioyozuvda odatdagi tezlikda aytilgan fikrlar, jumladan, kundalik soʻzlashma, yangilik va maʼruzalarni tushunish ham ularning gʻoyalari, mazmun-mohiyati haqida fikrlay olish;
  • Topshiriqda berilgan materialning qismlarini tushunish, masalan, odamlar oʻrtasidagi munosabatlar, mantiqiy tuzilmalar va asosiy momentlar.

Vaqt (daqiqa): Reading va Language Knowledge – 110, Listening – 60.

Baholash (ball): har bir qism uchun 60 balldan, jami 180 ball, har bir qism uchun oʻtish bali – 19. Daraja uchun umumiy oʻtish bali – 100

N1 ga qoʻyiladigan talablar haqida toʻliq maʼlumotni koʻchirib olish: BU YERDA

N2:Turli holat va kundalik vaziyatlarda yapon tilini maʼlum darajada tushunish

1) Reading (Oʻqish):

  • Gazeta va jurnal maqolalari, bildirilgan munosabat, taqriz kabi turli mavzular boʻyicha aniq yozilgan materiallarni oʻqiy olish, oddiy tanqidiy fikrlarni oʻqish va mazmunini tushunish;
  • Umumiy mavzu boʻyicha yozma maʼlumotlarni oʻqish va muallifning maqsadini tushunish. ·

2) Language Knowledge (Til bilish):

Soʻz boyligi (Vocabulary/Grammar) (lugʻat/grammatika)

3) Listening (Tinglab tushunish):

  • Deyarli odatiy tezlikda ogʻzaki aytilgan yangiliklar, soʻzlashuvlarni tushunish, shuningdek, turli vaziyatlarda aytilgan fikrlarni tushunish va gʻoya mazmunini anglash. Berilgan materialdagi asosiy momentlarni hamda insonlar orasidagi munosabatlarni tushunish.

Vaqt (daqiqa): Reading va Language Knowledge – 105, Listening – 50.

Baholash (ball): har bir qism uchun 60 balldan, jami 180 ball, har bir qism uchun oʻtish bali – 19. Daraja uchun umumiy oʻtish bali – 90.

N2 ga qoʻyiladigan talablar haqida toʻliq maʼlumotni koʻchirib olish: BU YERDA

N3: Kundalik vaziyatlarda yaponlarni maʼlum darajada tushunish

1) Reading (Oʻqish):

  • Kundalik mavzularga bagʻishlangan, aniq mazmundagi maʼlumotlarni oʻqish va tushunish;
  • Gazeta maqolalari sarlavhalariga oʻxshagan umumiy maʼlumotlarni tushunish.
  • Nisbatan murakkab ishlarni oʻqish, tushunish uchun yordam beruvchi muqobil iboralar mavjud boʻlsa, mazmunning asosiy mohiyatini tushunish·

2) Language Knowledge (Til bilish):

Soʻz boyligi (Vocabulary/Grammar) (lugʻat/grammatika)

3) Listening (Tinglab tushunish):

  • Oʻrta tezlikda aytilgan davomli va odatiy soʻzlashuvlarni tushunish, mazmunini aniqlash va insonlar orasidagi munosabatlarni tushunish.

Vaqt (daqiqa): Reading – 70, Language Knowledge uchun 30, Listening – 40.

Baholash (ball): har bir qism uchun 60 balldan, jami 180 ball, har bir qism uchun oʻtish bali – 19. Daraja uchun umumiy oʻtish bali – 95.

N3 ga qoʻyiladigan talablar haqida toʻliq maʼlumotni koʻchirib olish: BU YERDA

N4:Bazaviy yapon tilini tushunish

1) Reading (Oʻqish):

  • Kandzi va asosiy lugʻatda mavjud soʻzlardan tuzilgan kundalik mavzularga bagʻishlangan parchalarni oʻqish va tushunish.·

2) Language Knowledge (Til bilish):

Soʻz boyligi (Vocabulary/Grammar) (lugʻat/grammatika)

3) Listening (Tinglab tushunish):

  • Nisbatan sekin oʻqilgan va kundalik hayotda uchraydigan mavzulardagi suhbatlarni tushunish.

Vaqt (daqiqa): Reading – 60, Language Knowledge uchun 30, Listening – 35.

Baholash (ball): Reading  va Language Knowledge uchun 120, oʻtish bali – 38, Listening – 60, oʻtish bali – 19. Jami – 180 ball, daraja uchun umumiy oʻtish bali – 90.

N4 ga qoʻyiladigan talablar haqida toʻliq maʼlumotni koʻchirib olish: BU YERDA

N5: Yapon tilining ayrim asosiy tushunchalarini bilish

1) Reading (Oʻqish):

  • Xiragana, katakana va bazoviy kandzida yozilgan jumla va gaplarni oʻqish va tushunish.

2) Language Knowledge (Til bilish):

  • Soʻz boyligi (Vocabulary-lugʻat)

3) Listening (Tinglab tushunish):

  • Kundalik hayotda, maktabda muntazam ishlatiladigan soʻzlashuvlarni sekin aytilgan/oʻqilganda tushunish.

Vaqt (daqiqa): Reading – 50, Language Knowledge – 25, Listening – 30.

Baholash (ball): Reading va Language Knowledge uchun 120, oʻtish bali – 38, Listening – 60, oʻtish bali – 19. Jami – 180 ball, daraja uchun umumiy oʻtish bali – 80.

N5ga qoʻyiladigan talablar haqida toʻliq maʼlumotni koʻchirib olish: BU YERDA

*Barcha darajalarga ajratilgan vaqt haqida: Batafsil.
*Barcha darajalarni baholash toʻgʻrisida: Batafsil.
*Bosqichlar haqida umumiy ma’lumot: Batafsil.

Imtihon natijalari

Yaponiya hudidida topshirilgan sinov natijalari iyul oyi uchun sentyabr boshi, dekabr uchun fevralning boshida eʼlon qilinadi. Boshqa davlatlar, jumladan, Oʻzbekistonda imtihon baholari ishtirokchilarga iyul oyi uchun oktyabrning boshida, dekabr uchun mart oyining boshida joʻnatiladi. Sertifikat boʻyicha savollar tugʻilganda murojaat uchun maʼlumot: BU YERDA. Baholar toʻgʻrisidagi maʼlumot quyidagicha boʻladi:

Tayyorlanish uchun maʼlumotni qayerdan olish mumkin?

Imtihon topshiruvchilar uchun quyidagi materiallar yaratgan va tashkilotchining rasmiy saytiga joylashtirgan:

  • Yapon Fondi va yapon taʼlimiy tajriba almashuv va xizmatlar tomonidan taqdim etilgan nashr ishlari roʻyxati: BU YERDA;
  • Imtihon tartibi, savol va topshiriqlar toʻgʻrisidagi adabiyot, qoʻllanma va yoʻriqnomalar: BU YERDA;
  • JLPT byulleteni: BU YERDA;
  • Oʻqituvchilar uchun imtihon toʻgʻrisida izohli slaydlar va maʼlumotlar: BU YERDA;
  • Shuningdek, imtihonga ariza topshirish boʻyicha yoʻriqnoma: BU YERDA.

JLPT sertifikati Yaponiya fuqarosi boʻlmagan kimlar uchun zarur?

JLPT sertifikati olish tibbiyot sohasida amaliyot oʻtaydigan shifokorlar jumladan, stomatolog, jarrohlar, hamshira, kichik hamshira va tarbiyachilar uchun majburiy hisoblanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!