×

Yosh Menejer dasturining 5-mavsumi start oldi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1314 marta

CHOP ETILGAN

25.03.2023

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Shijoatli va iqtidorli menejerlikka qiziquvchi yoshlar uchun

Ariza topshirish muddati: 2023-yil 30-martgacha

Yosh menejer – yosh liderlar jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbus loyiha ofisi hamda MBM IT kompaniyasi vakillari hamkorligida tashkil etilgan maxsus dasturdir.

Dasturining afzalliklari:

  • Amaliy va nazariy bilimlar olish.
  • Ijtimoiy loyihalar yaratish imkoniyati.
  • Ekskursiyalar tashkil qilinadi.
  • Investorlarga loyiha taqdim qilish imkoniyati.

Yosh Menejer dasturi 5-mavsumi 2 yo’nalishda tashkil etiladi:

  1. Loyihalar boshqaruvi (Project management) — gʻoyadan tortib, loyihaning realizatsiyasigacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’rganish (8 ta dars).
  2. Shaxsiy rivojlanish (Personal development) — yoshlarda professional ko’nikmalarni shakllantirish (8 ta dars).

Bundan tashqari tur-sayohat — 2 oy davomida har hafta O’zbekistondagi kompaniyalarga ichki muhit bilan tanishish maqsadida jamoaviy tur tashkil etiladi.

Ushbu treninglar hozirda nufuzli kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan ekspertlar tomonidan olib boriladi. Darslar davomida amaliy, individual va jamoaviy topshiriqlar beriladi. Shuningdek loyiha davomida O’zbekistondagi mahalliy va xorijiy tashkilotlarga tur tashkil etiladi.

Ariza topshirganlar soni: 2,100+ (jami 4 mavsum davomida loyihada qatnashish istagi bildirgan arizachilarning umumiy soni).

Loyiha ishtirokchilari soni: 200+ (shu kungacha loyihaga rasman qabul qilingan va dasturida ishtirok etish huquqi berilgan ishtirokchilari soni).

Loyiha bitiruvchilari soni: 135+ (dasturni muvafaqqiyatli bitirib, loyiha yakunlangandan so’ng, o’z loyiha va start-up’larini amalga oshirgan ishtirokchilar soni).

Dasturga arizalar 2023-yil 30-martgacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirishingiz va topshirishingiz mumkin.

Eslatma: dasturda qatnashish pulli (500 ming soʻm).

Muhim: Ariza topshirishdan avval dastur haqida BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!