×

Innovatsion rivojlanish vazirligi «Yosh olim» respublika tanlovini e’lon qidi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3376 marta

CHOP ETILGAN

06.10.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2909-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Yosh olim” respublika tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovda ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar, 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, tayanch doktorantlar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi:

  1. Tabiiy fanlar
  2. Texnika fanlari
  3. Qishloq xoʻjaligi
  4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Tanlovga yosh olimlarning ilmiy izlanishlari va ularning natijalari aniq aks etgan 2 varaqdan iborat annotatsiyasi elektron shaklda a.norov@mininnovation.uz elektron manzilda yoki www.fan-portal.uz veb-sahifasi orqali (pdf. formatda) qabul qilinadi. Maʼlumotnoma nomzod tomonidan fanning muayyan sohasi rivojiga qoʻshilgan hissa, shaxsiy ilmiy yutuqlar va xalqaro ahamiyatga molik natijalar bilan boyitilganligi, mahalliy va xorijiy ahamiyatdagi ilmiy jurnallarda nashr qilingan ilmiy maqolalari, monografiya va boshqa nashrlari, shuningdek, ilmiy-tashkiliy faoliyati haqidagi davlat va rus tillarida tayyorlanishi kerak (koʻpi bilan 2 bet, satr balandligi 12 pt, Times New Roman shriftida).

Maʼlumotnoma oliy o’quv yurti, ITI rahbarlari tomonidan imzolangan yoʻllanma xati bilan joʻnatiladi. Ushbu xatda nomzod tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqot mavzusi, bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhimligi asoslangan boʻlishi lozim.

Tanlov ishtirokchilarining mezonlarda talab qilingan ilmiy ishlar roʻyxati (oxirgi 5 yil davomidagi nashrlar quyidagi xronologik tartibda keltirilib izchil ketma-ketlikda raqamlanadi: monografiya, patent, ilmiy maqola, ilmiy toʻplamlar va boshqa nashr ishlari) 3.4.-shaklga qatʼiy rioya qilingan holda rasmiylashtiriladi va muallif, muassasa ilmiy kotibi tomonidan imzolangan, tashkilot muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.

Elektron roʻyxatdan oʻtkazilgan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligida 2018-yilning 20-oktyabriga qadar qabul qilinadi. Tanlov gʻoliblari joriy yilning 22-26-oktyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “InnoWeek” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida eʼlon qilinadi.

Tanlov “Yosh olim” Respublika tanlovini tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida oʻtkaziladi. Nizomda gʻoliblarni aniqlash va pul mukofotlari haqidagi maʼlumotlar ham oʻrin olgan boʻlib, ushbu maʼlumotlarni www.fan-portal.uz saytidan olishingiz mumkin.

Belgilangan muddatda fan yoʻnalishlari boʻyicha elektron shaklda taqdim etilmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

Maʼlumot uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimiga (onlayn roʻyxatdan oʻtish boʻyicha) murojaat qiling: +99871 2563437; +99899 8277901

Manba: mininnovation.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!