×

18-30 yoshdagi tadbirkorlik va biznesga qiziquvchilar uchun “Yosh tadbirkor” tanlovi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1583 marta

CHOP ETILGAN

04.06.2024

Qayerda: O’zbekiston

Kim uchun: o‘z g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihasiga ega 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar uchun

Ariza topshirish muhlati: imkon qadar tez

Asosiy maʼlumot

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish hamda biznes bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “Yosh tadbirkor” tanloviga start berilmoqda. 

Tanlovning maqsadi tadbirkorlikning turli sohalarida chin ma’nodagi bilimli, salohiyatli va yetakchi yoshlarni kashf qilish, ularning eng quyi bo‘g‘indan shakllantirilgan sara taklif va tashabbuslarini qo‘llabquvvatlash, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilish, O‘zbekiston rivoji uchun xizmat qiladigan, yoshlar tomonidan ilgari surilgan innovatsion g‘oyalarni saralash va ushbu g‘oyyalarni hayotga tatbiq qilish choralarini ko‘rishda ko‘maklashishdan iborat. 

Tanlov to‘rt bosqichda (mahalla, tuman (shahar), hudud va respublika) tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Manfaatli jihatlar

Tanlovning respublika bosqichida g‘olib va ishtirokchilar quyidagicha taqdirlanadi: 

  • Birinchi o‘rin – 50 mln so‘m pul mukofoti, chet elda malaka oshirish uchun yo‘llanma, biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma.
  • Ikkinchi o‘rin – 40 mln so‘m pul mukofoti, chet elda malaka oshirish uchun yo‘llanma, biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma.
  • Uchinchi o‘rin – 30 mln so‘m pul mukofoti, chet elda malaka oshirish uchun yo‘llanma, biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma.
  • Respublika bosqichida ishtirok etgan 67 nafar ishtirokchiga biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma hamda esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.

Talablar:

Tanlovda o‘z g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihasiga ega 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar BU YERDA imkon qadar ertaroq ro’yxatdan o’tishlari kerak.

  • 1. Tanlovning mahalla bosqichida tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar ro‘yxatlari shakllantiriladi. 
  • 2. Tanlovning tuman (shahar) bosqichida tanlov ishtirokchilari oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalari uchun zarur kredit mablag‘lari ajratilishini so‘rab oilakredit.uz manzili orqali ariza qoldiradi.  Arizalari skoring tizimi orqali ijobiy baholangan va mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan tasdiqlangan ishtirokchilar uchun moliyaviy savodxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha (20 ta savoldan iborat) test sinovi o‘tkaziladi. Test sinovida 60 ball va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar hududiy bosqichga o‘tkaziladi. 
  • 3. Tanlovning hududiy bosqichida (biznes loyiha taqdimoti) eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 5 nafar ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘llanma oladi. 
  • 4. Tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma olgan ishtirokchilar “Yoshlar oromgohi”da 2 kun davomida tadbirkorlik sohasiga oid o‘quv seminarida ishtirok etadi va seminar yakunida o‘zlarining biznes loyihalarini tanlov komissiyasiga taqdimot qiladi. 

Tanlovning respublika bosqichida ekspertlar guruhi tomonidan, eng yuqori ballarni to‘plagan 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon va tanlov nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!