×

“Yoshlar tinchlik uchun” BMT Modeli 2026: 200 nafar yosh uchun diplomatiya va xalqaro muzokaralar bo‘yicha bepul konferensiya


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

412 marta

CHOP ETILGAN

12.08.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surgan tashabbusi doirasida “Yoshlar Tinchlik Uchun” BMT Modeli 2026 tashkil etilmoqda.

Loyiha Yoshlar Ishlari Agentligi, Butunjahon Yoshlar Ofisi va Central Asian University (CAU) hamkorligida o‘tkazilib, O‘zbekistonning turli hududlaridan, shuningdek, qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlaridan 200 nafar iqtidorli yoshni bir maydonda jamlaydi.

“Yoshlar tinchlik uchun” BMT Modeli yoshlarning diplomatik muzokaralar olib borish, xalqaro masalalarni tahlil qilish, o‘z pozitsiyasini asoslab berish, tanqidiy fikrlash, xalqaro hamkorlik va omma oldida nutq so‘zlash ko‘nikmalarini amaliy muhitda rivojlantirishga qaratilgan.

Konferensiyaning ish tili — ingliz tili.

Konferensiya kimlar uchun?

Loyihada:

  • O‘zbekistonning barcha hududlaridan talabalar va yuqori sinf o‘quvchilari;
  • diplomatiya, xalqaro munosabatlar, xalqaro hamkorlik va global masalalarga qiziqadigan yoshlar;
  • ingliz tilida faol muloqot qila oladigan va konferensiya muhokamalarida ishtirok etishga tayyor nomzodlar;
  • qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlaridan taklif etilgan yosh delegatlar

ishtirok etishi mumkin.

Konferensiya qanday o‘tkaziladi?

Arizalar asosida saralangan har bir ishtirokchiga muayyan BMT organi yoki tuzilmasi, muhokama mavzusi hamda vakillik qilinadigan davlat biriktiriladi.

Ishtirokchilar konferensiyaga qadar o‘zlariga biriktirilgan mavzu yuzasidan mustaqil izlanish olib borib, vakillik qilayotgan davlatning mazkur masala bo‘yicha pozitsiyasi, yondashuvi va takliflarini aks ettiruvchi yozma hujjattayyorlaydilar.

Konferensiya davomida delegatlar tegishli BMT organlari va tuzilmalari faoliyatini modellashtirgan holda xalqaro masalalarni muhokama qiladilar, nutq so‘zlaydilar, bahs va muzokaralarda qatnashadilar hamda vakillik qilayotgan davlatning pozitsiyasini ilgari suradilar.

Sessiyalar davomida ishtirokchilar o‘zaro muzokaralar olib borib, muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan umumiy yechim va takliflarni ishlab chiqishga harakat qiladilar.

Qaysi BMT organlari va tuzilmalari faoliyati modellashtiriladi?

Konferensiya doirasida quyidagi beshta BMT organi va tuzilmasi faoliyati modellashtiriladi:

  1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi
    United Nations General Assembly — UNGA
  2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi
    United Nations Economic and Social Council — ECOSOC
  3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tashkiloti
    United Nations Entity for Gender Equality and the Empowerment of Women — UN Women
  4. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti
    United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization — UNESCO
  5. Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiya
    Commission on Crime Prevention and Criminal Justice — CCPCJ

Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladilar?

“Yoshlar tinchlik uchun” BMT Modelida qatnashish orqali yoshlar:

  • BMT Modeli formatida amaliy diplomatiya va muzokaralar olib borish tajribasini orttiradi;
  • xalqaro masalalarni tahlil qilish va muayyan davlat pozitsiyasini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
  • o‘z fikr va takliflarini asoslantirish hamda diplomatik tarzda himoya qilishni o‘rganadi;
  • ingliz tilida bahs-munozara, omma oldida nutq so‘zlash va professional muloqot bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘ladi;
  • Yoshlar ishlari agentligi, BMT tizimi vakillari hamda xalqaro miqyosda faol yosh liderlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
  • O‘zbekistonning turli hududlari va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan faol yoshlar bilan professional aloqalar o‘rnatadi.

Konferensiyada eng yaxshi natija ko‘rsatgan delegatlar xalqaro imkoniyatlarga tavsiya etiladi. Jumladan, ular BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi doirasida o‘tkaziladigan ECOSOC Yoshlar Forumi kabi xalqaro platformalarda ishtirok etish imkoniyatlari uchun tavsiya qilinishi mumkin.

Ishtirok etish shartlari:

  • Konferensiyada qatnashish bepul.
  • Konferensiyaning ish tili ingliz tili.
  • Saralangan ishtirokchilar o‘zlariga biriktirilgan mavzu bo‘yicha oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari lozim.
  • Ishtirokchilar vakillik qilayotgan davlatning tegishli masala bo‘yicha pozitsiyasi va takliflarini aks ettiruvchi yozma hujjat
  • Ishtirokchilardan konferensiya davomida sessiyalar, muhokamalar va diplomatik muzokaralarda faol qatnashish kutiladi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar tushlik bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, ishtirokchilarning Toshkent shahridan Central Asian University (CAU)ga borishi hamda konferensiya yakunida Toshkent shahriga qaytishi uchun avtobus transporti tashkil etiladi.

Muhim ma’lumotlar

  • Oʻtkaziladigan sana: 2026-yil 17–18-avgust
  • Manzil: Toshkent shahri, Central Asian University (CAU)
  • Ishtirokchilar soni: 200 nafar
  • Ish tili: ingliz tili
  • Ishtirok etish: bepul

Rasmiy ro‘yxatdan o‘tish

Arizalar 2026-yil 14-avgust 23:59 ga qadar BU YERDA onlayn tarzda qabul qilinadi.

Kechikib topshirilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.