×

“Young Volunteer Teachers” loyihasining 1-dasturi yakunlari


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

2987 marta

CHOP ETILGAN

13.07.2019

2019-yilning 8-12-iyul kunlari Samarqand viloyati, Narpay tumani, 43-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Young Volunteer Teachers” loyihasining 1-dasturi amalga oshirildi.

Dastur boʻyicha Grantlar.uz maʼmuriyati va Sirojidin Olimov, Komil Abdurahmonov, Laylo Madumarova va Mahfuza Ahmedovalardan iborat yosh koʻngillilar jamoasi maktabning 2-10-sinf oʻquvchilariga ingliz tili boʻyicha qisqa mashgʻulotlar oʻtishdi. Mashgʻulotlar kuniga ikki mahal, 2 soatdan amalga oshirildi.

Oxirgi kuni – 12-iyulda maktab oʻquvchilari oʻrtasida ingliz tilidan olimpiada tashkil etildi. Olimpiadada oʻquvchilar test savollariga javob berishdi va insho yozishdi. Ishlar tekshirilgandan keyin, 19:00 da boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida gʻoliblar taqdirlandi. Olimpiada 2-toifa boʻyicha oʻtkazildi – 8-10-sinflar hamda 7-sinf va undan kichiklar.

8-10-sinflar boʻyicha olimpiadada quyidagi oʻquvchilar gʻolib boʻlishdi:

1-oʻrin – Imomova Dildora
2-oʻrin – Isoqulova Zilola
3-oʻrin – Nuriddinova Dinora

7-sinf va undan kichiklar boʻyicha gʻoliblar quyidagicha:

1-oʻrin – Isayeva Lola
2-oʻrin – Norqobulova Nigora
3-oʻrin – Berdiyorova Nargiza

Goʻliblar sumka, ingliz va oʻzbek tilidagi kitoblar bilan taqdirlandi. Shuningdek, olimpiadada ishtirok etgan har bir oʻquvchiga (jami 65 nafar) turli kitoblar sovgʻa qilindi.

Bundan tashqari, loyihaga oʻz hissasini qoʻshgan “Sultan Scholarship” agentligi tomonidan 50 nafar kam taʼminlangan oʻquvchilarga sumka va oʻquv qurollari topshirildi.

Taqdirlash marosimiga nafaqat oʻquvchilar va maktab oʻqituvchilari, balk iota-onalar va oʻquvchilarning bobolari, aka-opalari ham tashrif buyurishdi. Bu esa kattalar farzandarining ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligidan dalolat.

Shuningdek, qishloq aholisining mehmondoʻstligini ham alohida taʼkidlash joiz. Koʻngillilarni oʻz uylarida mehmon qilganlar va ular uchun turli pishiriq, mahsulot va oʻzlari pishirgan taomlar (qaymoq, nisholda, bichak, tort, non, mevalar va hk) keltirib berganlarga Grantlar.uz maʼmuriyati va koʻngilliliar jamoasi nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Shu qatorda, Grantlar.uz ma’muriyati ko’ngillilar jamoasi va loyiha uchun xayriya qilganlarga alohida minnatdirchilik bildiradi.

Quyida taqdirlash olimpiada va marosimidagi fotosuratlar bilan tanishishingiz mumkin:

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!