×

Yuqori sinf o‘quvchilariga AQShda o‘qish uchun tayyorlov kurslari!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

2701 marta

CHOP ETILGAN

05.08.2019

Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun: Yuqori sinf o‘qivchilari uchun

Ariza topshirish muddati: 2019 yilning 15-avgustigacha

Asosiy ma’lumot: Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi yuqori sinf o‘quvchilarini Study with US: Academic English and American University Preparation Program 2019 dasturiga taklif etadi.

Kurslar O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi Erudite Education schoolda o‘tkaziladi. Amerika oliygohlariga o‘qishga kirish uchun tayyorlaydi. Dastur 2019-yil sentabrdan 2020-yil ijungacha haftada 3 marta tushdan keyin bo‘lib o‘tadi.

Manfaatli jihatlari:

Kursda qatnashuvchi nomzodlar bir yil muddatda AQSh oliygohlariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  1. Nomzod 9, 10, 11-sinf yoki kollej/litsey o‘quvchisi/bakalavr 1-kurs talabasi bo‘lishi lozim.
  2. Nomzod ingliz tilini boshlang‘ich, o‘rta yoki yaxshi bilishi kerak.
  3. Nomzodning SAT/ACT/IELTS/TOEFL sertifikati bo‘lishi maqsadga muvofiq.
  4. Nomzod 500 tagacha so‘zdan iborat “Why do you want to participate in Study with US program and what do you hope to gain from the experience?”mavzuda esse yozib berishi lozim.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar:

Kurslar Toshkent shahriagi Erudite Education schoolda o‘tkaziladi. Kursda qatnashish uchun ariza berish talab qilinadi. Ariza berish uchun platforma: shu yerda. Dedlayn: 15-avgust.

Kerakli hujjatlar (taxminiy).

  1. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma/pasport nusxasi.
  2. Baholar.
  3. IELTS/TOEFL sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).
  4. SAT/ACT sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

Batafsil ma’lumot uchun: Erudite Education schoolga erudite.studywithus@gmail.com manzlili orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!