×

Yuridik litseyni a’lo bahoga bitirganlar TDYUga imtihonsiz qabul qilinadi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

5489 marta

CHOP ETILGAN

04.05.2020

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab TDYU qoshidagi akademik litseyning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega bo‘ldi. Bu prezidentning O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonida ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, TDYUda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi.

Fakultetning asosiy hamkorlari sifatida Yaponiya tomonidan – Nagoya universiteti, Germaniya Federativ Respublikasi tomonidan – Regensburg universiteti belgilandi.

Uch oy muddatda Toshkent shahrida, innovatsion o‘quv jarayonini tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga ega TDYUning zamonaviy kampusini barpo etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish vazifasi qo‘yildi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ma’qullandi:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini TDYU magistraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilish, bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlarini joriy etish;
  • bazaviy oliy yuridik ma’lumotga hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarida yuridik yo‘nalish bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlarni magistraturaga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun qabulini tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga ko‘ra, kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari amalga oshirish;
  • “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilarni TDYU magistraturasiga test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilish tartibini joriy etish;
  • TDYU, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda pullik asosda tayyorlov va boshqa kurslarni, yozgi va qishki maktablarni, shu jumladan, chet el fuqarolari uchun tashkil etish.

Manba: Xabar.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!