×

Yuristlar uchun “1 yillik” magistratura ta’limi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

11593 marta

CHOP ETILGAN

14.07.2018

Toshkent davlat yuridik universitetida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab o‘qish davomiyligi 1 yil bo‘lgan magistratura joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qaroriga muvofiq 2018/2019-o‘quv yili ya’ni, joriy yil sentabr oyidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitish muddati davomiyligi BIR YIL bo‘lgan magistratura joriy etildi. Demak bakalavr ma’lumotiga ega bo‘lgan fuqarolar oldinlari bo‘lgani kabi magistraturada ikki yil o‘qishlari shart bo‘lmaydi. Magistraturaga qabul qilingan talaba bir yil davomida belgilangan o‘quv rejalarini o‘zlashtirib “huquq” mutaxassisligi bo‘yicha “magistr” diplomiga ega bo‘ladi.

Magistratura talabaning kelgusi mehnat faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va so‘nggi yillarda qabul qiligan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan, magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’limning birinchi bosqichi bakalavriat negizida o‘qitish kamida bir yil davom etadigan ta’limdir. Magistarturani tamomlagan bitiruvchilar bakalavr darajasiga ega bo‘lgan fuqarolardan farqli ravishdaquyidagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin bo’ladi:
* Mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati bilan shug’ullanish;
* Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kirish yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilish;
* Kadrlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida qo’shimcha ta’lim olish.

Magistraturaga o‘qish uchun hujjatlarni qabul qilish qachondan boshlanadi va qanday tartibda amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyuldagi “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan, mamlakatimizda ilk marotaba TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun hujjatlar Internetning xalqaro axborot tarmog‘i orqali 15 martdan 30 iyulgacha taqdim qilinadi.

O‘qishga qabul jarayonida qaysi hujjatlar taqdim etiladi va qanday tarzda?

O‘tgan yilgi qabul jarayonlaridan farqli ravishda abituriyent uzoq hududlardan universitetga kelib hujjatlarni topshirishi talab etilmaydi.

O‘zi yashab turgan hududdan Internetning xalqaro tarmog‘i orqali (http://online.tsul.uz/) o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga elektron shaklda:
1. Pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat
2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va ilova
3. 3,5 x 4,5 o‘lchamli rangli fotosuratlarni ilova qilib kiritib o‘tishi kifoya hisoblanadi.

Abituriyent o‘qishga qabul qilish jarayonida shaxsiy hujjatlarini o‘zida saqlaydi. Agar u Davlat komissiyasi qarori bilan o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tavsiya qilinsa, qaror qabul qiligandan keyin 3 kun mobaynida mazkur hujjatlarning asl nusxalarini Universitetga taqdim etadi.

Magistraturaga kirish imtihonlari qaysi muddatlarda bo‘lib o‘tadi?

TDYU magistraturasiga kirish imtihonlari 1 avgustdan 20 avgustgacha bo‘lgan davr oralig‘ida quyidagi shaklda olib boriladi:
1. O‘zbekiston fuqarolari uchun-yozma imtihon
2. Xorijiy fuqarolar uchun-suhbat

O‘zbekiston fuqarolari uchun yozma imtihon o‘tkazish tartibi qanday?

O‘zbekiston fuqarolari uchun yozma imtihon ikkita – mutaxassislik fanlari va chet tili bo‘yicha o‘tkaziladi.

Yozma imtihonda talabaning:

  • mutaxassilik fanlari bo‘yicha tahlil huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash, huquqiy xulosalarni bayon etish borasidagi qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan;
  • chet tili bo‘yicha tillarni bilishning tegishli darajasini aniqlashga qaratilgan.

Mutaxassislik va chet tili bo‘yicha yozma imtihon savollari qanday tartibda shakllantiriladi?

Imtihon kuni har bir talaba o‘ziga berilgan biletdagi savollarga javob berishi lozim. Har bir biletda:

  • Mutaxassislik fanlari bo‘yicha 3 ta savol (bitta nazariy va ikkita amaliy)
  • Chet tili fani bo‘yicha 3 ta savol (o‘qish darajasini aniqlash bo‘yicha 1 ta vazifa va yozma nutq ko‘nikmalarini aniqlash uchun 2 ta vazifa)dan iborat bo‘ladi.

Magistratura mutaxassisliklariga imtihonlar qaysi fanlardan o’tkaziladi?

1. Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi bo‘yicha Davlat va huquq nazariyasi va Ma’muriy huquq;
2. Mehnat huquq mutaxassisligi bo‘yicha Davlat va huquq nazariyasi va Mehnat huquqi;
3. Jinoyat qonunchiligini qo’llash nazariyasi va amaliyoti mutaxassisligi bo‘yicha Davlat va huquq nazariyasi va Jinoyat huquqi;
4. Huquq va biznes mutaxassisligi mutaxassisligibo‘yicha Davlat va huquq nazariyasi va Fuqarolik huquqi;
5. Moliyaviy huquqiy monitoring mutaxassisligi bo‘yicha Fuqarolik huquqi va Jinoyat huquqi;
6. Huquq va axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha Davlat va huquq nazariyasi va Fuqarolik huquqifanlaridan imtihon topshiradi.

Yozma imtihonlarning davomiyligi qancha?

Mutaxassislik va chet tili bo‘yicha yozma imtihon davomiyligi ikki soatni tashkil etib, 9:00 da boshlanadi va 11:00 da tugaydi.

Yozma imtihon natijalarini aniqlash va e’lon qilish tartibi qanday?

Yozma imtihon bo‘yicha maksimal ball 150 ballni tashkil etib, shundan:
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha- 0 balldan 100 ballgacha
Chet tili fani bo‘yicha 0 balldan 50 ballgachaetib belgilangan.

Quyidagi sertifikatlarga ega abituriyentlar chet tili fani bo‘yicha yozma imtihonni topshirishdan ozod qilinadi va ularga eng yuqori ball (50 ball) qo‘shiladi:

B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikati;
CEFR bo‘yicha B2;
IELTS bo‘yicha 6.0 ball (bunda writing modulidan 6.0 ball);
TOEFL bo‘yicha 95 ball (bunda writing modulidan 27 ball);
TestDaF bo‘yicha TDN3 ball darajasi.

Harqanday ball to‘plagan abituriyent magistraturaga qabul qilinishi mumkinmi?

Har bir fan bo‘yicha yozma fan bo‘yicha o‘rnatilgan yuqori balldan 55 foizini yoki undan kam to‘plagan talaba magistraturaga qabul qilinmaydi.

Magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari qancha etib belgilangan?

2018-2019 o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotasi
150 nafar etib belgilandi va faqatgina to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Magistraturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qishning miqdoriqancha?

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishning miqdori quyidagicha:
O‘zbekiston fuqarolari uchun- 12 163,8 so‘m
Xorijiy davlat fuqarolari uchun- 36 960 000 so‘m etib belgilandi.

TDYU magisraturasigi boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lgan abituriyentlar (moliyachi, iqtisodchi, axborot tizimlari sohasidagi mutaxassis) ham hujjat topshirishlari mumkinmi?

TDYU magistraturasiga bakalavriatda ta’lim yo‘nalishi yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) bo‘lgan abituriyentlar hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!