×

BMT: Butun dunyo bo`ylab stajirovka dasturlarida qatnashish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

10.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

3423 marta

Birlashgan Millatlar tashkilotining 1919-yilda ishga joylashtirish bo`yicha tashkil etilgan International Labour Organization (ILO) tashkiloti  stajirovka o`tashga taklif etadi. Tashkilot 186 a’zo davlat bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. ILO ayol va erkaklar uchun erkin va munosib ishlash sharoiti yaratilgan stajirovka dasturlarini e’lon qiladi va bu borada amaliy yordam ko`rsatadi. ILO o`z mohiyatiga ko`ra BMTning yagona “uch taraflama” hamkorlikda ishlaydigan tashkilotidir. Chunki u ish beruvchi, ishchi va hukumatni maxsus ishlab chiqilgan stajirovka dasturi doirasida birlashtiradi.

2019-yilning may oyida ILO turli mutaxassisliklar bo`yicha 48 ta stajirovka o`rinlariga nomzodlar qabul qiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturaning oxirgi kursida oʻqiyotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o`tib, stajirovkada ishtirok etish inkoniyatiga ega bo`lgan nomzodlarning:

  1. ILO jamg‘armasi stajirovka o‘tash uchun tanlangan nomzodlarning munosib sharoitlarda ishlashini ta’minlaydi.
  2. Oylik stipendiya yoki maosh beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod BMTga a’zo bo`lgan istalgan davlat fuqarosi bo`lishi mumkin.
  • Nomzod magistraturaning oxirgi kursida o`qiyotgan bo`lishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod soha bo`yicha bakalavr diplomiga ega bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini yaxshi bilish kerak.
  • Nomzod moslashuvchan, madaniy bag`rikeng va guruhda ishlash qobiliyatiga ega bo`lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019yil 10-maygacha. Hujjat topshirish uchun ILOning rasmiy saytida ro`yxatdan o`tish lozim.

Bu qanday amalga oshiriladi?

  1. Avval ILOning rasmiy saytidagi stajirovka dasturlari ro`yxatidan mos keladigan mutaxassislik/kasb tanlanadi.
  2. ILOning rasmiy saytida ro`yxatdan o`tiladi.
  3. Ro`yxatdan o`tib kerakli mutaxassislikka ariza bergan zahotiyoq nomzodning hujjatlari ILO tomonidan ko`rib chiqishni boshlanadi.

Kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan mutaxassislikka qarab farq qiladi. Buni tanlangan mutaxassislik sahifasidan aniqlash lozim.

Taxminiy hujjatlar tarkibi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalvr diplomi va diplom ilovasi.
  • Reyting daftarchasi birinchi sahifasining nusxasi.
  • Oxirgi 2 semestr baholari, reyting daftarchasi sahifalari nusxasi bilan.
  • CV/Resume.
  • Ingliz/fransuz yoki ispan tili sertifikati.
  • Xorijga chiqish uchun pasport nusxasi rasmli tomoni bilan.
  • Haydovchilik guvohnomasi nusxasi (mavjud bo‘lsa).
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga olid bilim, malaka va ko`nikmalai, intiluvchanligi, til bilish darajasi, guruhda ishlash qobiliyati kabilarga ko`ra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun telefon: https://jobs.ilo.org/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!