×

BMT insholar tanlovi: ingliz yoki rus tilida insho yozing va jahon yetakchilariga o’z fikrlaringizni yetkazing!


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4078 marta

BMT tarkibidagi United Nations Regional Centre For Preventive Diplomacy For Central Asia tomonidan e’lon qilingan Youth Voices From Central Asia – Un75 And Regional Peace And Security insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu yil BMTning 75 yilligi nishonlanayotgani munosabati bilan, jahon yoshlari BMTning 100 yilligi to’lgunicha bo’ladigan yoki amalga oshirish kerak o’zgarishlar, keyingi 25 yil ichida mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni qanday yaxshilash mumkin ekanligi to’g’risidagi fikrlarini o’z insholarida  yoritib berishlari kerak. Bu tanlov yoshlar uchun dunyoda eng katta tasir kuchiga ega insonlarga o’z fikrlari va hatto tanqidlarini yetkazib berish imkoniyatidir.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshdagilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g’olib bo’lgan insholar ingliz va rus tillarida (qaysi tilda yozilgan bo’lsa, tashkilotchilar tomonidan boshqasiga tarjima qilinadi) kitob qilib chop etilib, BMT 75 yilligi marosimlarida jahon yetakchilari va tashkilot xodimlariga tarqatiladi. Undan tashqari, kitobning elektron shakli BMT vebsayti orqali hukumat vakillari va ommaga ham havola etiladi.

Talablar:

  • Tanlov ishtirokchisining yoshi 18-35 bo’lishi va u Markaziy Osiyo davlatlaridan biri fuqarosi bo’lishi kerak.
  • Inshoda 2045-yildagi dunyo va shu dunyodagi holatga erishish uchun qanday harakat qilish kerakligi haqida yozilgan bo’lishi kerak. Bunda xotin-qizlar masalalari, tinchlik, diplomatiya, yoshlar kabi mavzularni qamrab olish mumkin.
  • Inshoga ijodiy yondashib, turli fotosuratlar yoki chizmalarni ham kiritish mumkin.
  • Insholarni ingliz yoki rus tillarida topshirish mumkin. Insho hajmi 700 so’zdan oshmasligi va 500 so’zdan kam bo’lmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholar tanlovi tashkilotchilari, insho  yozish oldidan mulohaza uchun ushbu savollarga javob topishga urinib ko’rishni tavsiya etishgan:

  • What does preventive diplomacy mean to you, and how can it help you achieve your vision of the future?
  • How can countries work together more effectively to achieve the future you want?
  • How has COVID-19 affected peace and security in your community, your country or your region? What can help to make things better?
  • What can you do by yourself to create the world we want? What are you doing for a better world? How can the UN help you?
  • What is the role of young people in international and regional peace and security? Young women? People with disabilities?
  • What action can we take right now to make a better world for future generations?
  • What kind of future do you want for your children and grandchildren, and how can regional peace and security issues affect their future? Tanlov mavzularining batafsil bayoni haqida bu yerda o’qing.

Insho yozish jarayoni va qoidalari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin. Tanlovga insholaringizni 2020-yil 31-iyulgacha yuborishingiz mumkin. Buning uchun bu shaklni to’ldirib, UNRCCA-Academy@un.org elektron manziliga yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!