×

BMT va Nippon jamg’armasining stipendiya dasturi!


Grant

MUHLAT

09.09.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1572 marta

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Yaponiyaning Nippon jamg’armasi hamkorlikda rivojlanayotgan davlatlar xizmatchilari va boshqa sektordagi o’rta darajadagi professionallar uchun okean va xalqaro dengiz qonunlari hamda shu sohaga tegishli yo’nalishlar bo’yicha bilim va tadqiqotlarini oshirish uchun stipendiya dasturini joriy qilgan. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Dastur 9 oy davom etadi hamda ketma-ketlikdagi ikki fazadan iborat:

1-faza: Ishtirokchilar 3 oy BMT bosh ofisi Nyu-Yorkda tadqiqot va treningdan o’tadi;

2-faza: 6 oyd davomida ishtirokchilar dasturda mezbon institut sifatida qatnashuvchi mashhur universitet va tashkilotlardan birida akademik ilmiy tadqiqot olib boradi.

Grant kimlar uchun?

25-40 YOSHDAGILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur bilan bog’liq barcha xarajatlar qoplanadi.

Talablar:

  • Arizachilar o’z davlati, ish beruvchisi yoki o’zi tegishli bo’lgan tashkilot tomonidan tavsiya qilinish lozim;
  • 25-40 yoshdagilar;
  • Arizachilar mavzuga aloqadar yo’nalishlardan birida universitet diplomiga ega hamda akademik muhitda mustaqil ilmiy tadqiqot olib bora oladigan bo’lishlari lozim;
  • Arizachilar o’rta darajadagi professionallar bo’lishi va okean va xalqaro dengiz qonunlariga aloqador ish bilan shug’ullanadigan bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza uchta qismdan iborat:

  1. Shaxsiy ma’lumotlar va taklif qilinayotgan ilmiy tadqiqot taklifi SHU YERDA;
  2. Taqdimnoma (davlat tomonidan arizachining nomzodi taqdim qilinishi lozim) va tavsiyanomalar SHU YERDA;
  3. BMT tibbiy ma’lumotnoma shakli SHU YERDA.

Ariza 1 va 2-qismlari to’ldirilgan holda arizachi nomzodini taqim qilayotgan davlat organiga yuborilishi lozim. Tibbiy ma’lumotnoma to’ldirilgach, arizachi shaxsan o’zi uni BMTga yuborishi mumkin.

Barcha ariza shakllari quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

Elektron pochta orqali: DOALOS@un.org (Afzal ko’riladigan usul)

Pochta orqali yuborish uchun manzil:

The United Nations – The Nippon Foundation of Japan Fellowship Programme
Division for Ocean Affairs and the Law of the Sea
Office of Legal Affairs
United Nations, Room DC2-0450
New York, N.Y. 10017, U.S.A.
Fax: +1-917-367-0560

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!