×

Professional va havaskor ijodkorlar uchun “BO It!” illustratsiyalar tanlovi


Grant

MUHLAT

16.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3648 marta

Illustratsiyalar uchun “BO it!” xalqaro tanlovining 3-nashriga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov Italiyaning Bolonya shahri ramzini san’at yordamida yaratish maqsadida o’tkazib kelinadi. Tanlov ishtirokchilariga har yili ma’lum shakldan (chizmadan) foydalangan holda Bolonyani ifodalovchi illustratsiya yaratish vazifasi qo’yiladi.

Tanlovda dunyoning barcha davlatlaridan bo’lgan professional va havaskor ijodkor ishtirok etishlari mumkin.

Bu yilgi tanlovning shakli (chizmasi) – Bolonya shahrining chagaraviy koʻrinishidir. Ushbu chizma bilan BU YERDA tanishing. Ishtirokchilar shu shakl asosida illustratsiya yaratishi kerak. (Eslatma: Tanlovga qanday illustratsiyalar qabul qilinishini tushunib olish uchun bu yerda ko’rsatilgan namunalar bilan tanishib chiqish juda muhim!).

Tanlovning oʻzi esa bu yil iqlim oʻzgarishi va uglerod neytralligiga bagʻishlanadi. Bolonya shahrini 2030-yilgacha uglerod neytralligiga erishgan shaharga aylantirish rejalashtirilgan. Tanlangan chizma ham bevosita ekologiyaga xosdir, yaʼni Bolonya shahrining chegaraviy koʻrinishi asalari inining katagini eslatadi. Asalarilar esa ekotizimning faoliyati va muvozanatida muhim oʻringa ega.

Bu yilgi tanlov mavzusi va uning ahamiyati bilan BU YERDA batafsil tanishish mumkin (“Theme of the Third Edition” boʻlimi).

 

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: 800 yevro va Millenium galereyasidagi koʻrgazmada ishning namoyishi.
  • 2-oʻrin: 500 yevro.
  • 3-oʻrin: nafis sanʼat asbob-uskunalari va materiallarini sotib olish uchun 200 yevrolik vaucher.
  • Shuningdek, auditoriya mukofoti ham mavjud.
  • Bundan tashqari, gʻolib ishlar Image Authors Association tashkilotining yillik toʻplamida chop etiladi.
  • Hakamlar hayʼati tomonidan saralangan 30 ta ish (gʻoliblarning ishlari ham) turli ommaviy koʻrgazmalarda namoyish etiladi.

Talablar:

  • Tanlovda istalgan davlatdan boʻlgan professional va havaskor ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
  • Nomzodlar 18 yosh yoki undan katta boʻlishi lozim (yaʼni 2005-yil 25-fevraldan oldin tugʻilganlar qatnasha oladi).
  • Ishlar yakka tartibda yoki jamoa nomidan topshirilishi mumkin.
  • Bitta ishtirokchi (jamoa) 3 tagacha ish bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Illustratsiyalarga texnik talablar bilan bu yerda tanishing (Article 3). 

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ishlar 2023-yil 15-may kuni oxirigacha qabul qilinadi. Ishlar BU YERDAGI onlayn arizani toʻldirish orqali topshiriladi. Ariza ingliz yoki italyan tilida toʻldirilishi kerak.

Ariza topshirishda illustratsiya bilan birgalikda tanlov qoidalari va uning ilovalarini (B va C ilova) imzolab, bitta PDF shaklda yuklash kerak (yaʼni MANA BU hujjatni printerdan chiqarib, oxirgi 4 ta sahifada kerakli yeriga imzo chekib, zaruriy maʼlumotlarni toʻldirasiz; soʻng uni skaner qilib, PDF shaklda onlayn arizaga yuklaysiz; bu fayl hajmi 1 MB dan oshib ketmasligi kerak).

Illustratsiya JPG formatda yuklanadi va uning hajmi 1 MB dan oshib ketmasligi kerak.

MUHIM: Tanlovga ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: boitcontest@gmail.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!