×

Bog’dorchilik va o’simlik suratlari uchun fototanlov: bosh sovrin – 5000 funt sterling


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3392 marta

Bog’lar va o’simliklar go’zalligini fotosuratlarda muhrlashga qiziquvchi suratkashlar uchun the RHS Photographic Competition fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovga o’simliklar va bog’dorchilik aks etgan fotosuratlar qabul qilinadi.Tanlovdan maqsad yuqori sifatli va chiroyli fotosuratlarni e’tirof etish hamda bog’dorchilik va o’simlik o’stirishni targ’ib qilish. Tanlovda quyidagi kategoriyalar bo’yicha ishtirok etish mumkin:

Gardens (bog’larning fotosuratlari uchun)

Welcoming wildlife (yovvoyi tabiat fotosuratlari uchun)

Plants (o’simliklar fotosuratlari uchun)

Creative (ijodiy yondashilgan fotosuratlar uchun)

Macro (mayda o’simliklar va jismlarni kattalashtirib olingan fotosuratlar uchun)

Indoor gardening (uy ichida o’stirilgan o’simliklar fotosuratlari uchun)

Under 18s (11-17 yoshli ishtirokchilar kategoriyasi)

Under 11s (11 yoshdan kichik ishtirokchilar uchun)

Social Media

Portfolio

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning bosh sovrini: 5000 funt sterling pul mukofoti.

Eng yaxshi yosh suratkash uchun sovrin: 750 funt sterling qiymatidagi Wex Photogric vaucherlari.

18 yoshdan oshgan ishtirokchilar o’rtasida g’olib bo’lgan ishtirokchilar uchun:

Birinchi o’rin: 500 funt sterling pul mukofoti va RHS saytiga obuna.

Ikkinchi o’rin: 250 funt sterling pul mukofoti.

Uchinchi o’rin: 150 funt sterling pul mukofoti.

Portfolio kategoriyasi g’olibiga:

500 funt sterling pul mukofoti va RHS saytiga obuna.

11-18 yoshlilar kategoriyasi g’oliblariga:

Birinchi o’rin: 150 funt sterling qiymatga ega Wex Photographic vaucherlari.

Ikkinchi o’rin: 75 funt sterling qiymatga ega Wex Photographic vaucherlari.

Uchinchi o’rin: 50 funt sterling qiymatga ega Wex Photographic vaucherlari.

11 yoshdan kichik ishtirokchilar kategoriyasi g’oliblariga:

Birinchi o’rin: 150 funt sterling qiymatga ega Wex Photographic vaucherlari.

Ikkinchi o’rin: 75 funt sterling qiymatga ega Wex Photographic vaucherlari.

Uchinchi o’rin: 50 funt sterling qiymatga ega Wex Photographic vaucherlari.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  1. Tanlovga har bir ishtirokchi 5tagacha fotosurat taqdim etishi mumkin.
  2. Taqdim etilgan fotosuratning hajmi 4MBdan oshmasligi, eng uzun tomoni esa kamida 1200 piksel bo’lishi kerak.
  3. Keyingi bosqich uchun saralab olingan fotosuratlarning kamida 6MB bo’lgan yuqori aniqlikdagi nusxalari so’raladi.
  4. Taqdim etilgan fotosuratlarda turli belgilar, hoshiyalar yoki imzolar bo’lmasligi kerak.
  5. Oq-qora fotosuratlar barcha kategoriyalarga qabul qilinadi.
  6. Bitta fotosuratni bir nechta kategoriyalar uchun topshirish mumkin emas. Barcha qoidalar

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga 2021-yil 1-fevralgacha ariza berish mumkin. Ishtirok etish uchun yuqorida ko’rsatilgan talablar asosida tayyorlangan, miqdori 5tadan oshmagan fotosuratlarni bu yerda taqdim eting.

Portfolio kategoriyasi uchun fotosuratlar alohida tarzda, elektron pochta orqali qabul qilinadi. Portfolio kategoriyasi uchun fotosuratlarni photoportfolio@rhs.org.uk elektron manziliga yuboring.

Portfolio kategoriyasida ishtirok etish uchun bu qo’llanma bilan tanishib chiqing. Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar sahifasiga kiring.

Tanlovning 2020-yilgi g’oliblari

Tanlovning 2019-yilgi g’oliblari

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!