×

Bo’lajak ishbilarmonlar uchun bepul biznes boshqaruv kursi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

5961 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan King’s College London oliygohi bepul Biznes boshqaruvi kurslariga arizalar qabul qilmoqda. Kurs mutlaqo bepul bo’lib, to’rt haftalik video va audio darslardan iborat.  Ushbu kursdan asosiy maqsad tadbirkorlik sohasiga qiziquvchi yoshlarning biznes salohiyatini yanada rivojlantirish.

Dastur davomida ishtirokchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishadi:

  • Boshqaruv va yetakchilik uslublari
  • Axborot turlari va undagi mavjud muammolar haqida
  • Biznesning hayotdagi va jamiyatdagi o’rni
  • Biznesning muvaffaqiyati va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar

Darslarni King’s College London universiteti professori Sonny Peart olib boradi. Kurs jadvali haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Biznes boshqaruvi sohasiga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Onlayn kursda o’qish mutlaqo bepul bo’lib, ishtirokchilar malakali professorlar tomonidan tayyorlangan video va audio darslar orqali zaruriy bilimlarga ega bo’lishadi. Kurs oxirida kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlik to’g’risida PDF-formatdagi bepul sertifikat taqdim etiladi.

Talablar:

  • Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
  • Darslar ingliz tilida olib borilganligi sababli, tinglovchilardan ingliz tilini bilish talab etiladi.
  • Nomzodning biznes boshqaruvi sohasiga qiziqishi baland bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Onlayn kurs tinglovchisiga aylanish uchun, FutureLearn platformasi orqali bu yerda ro’yxatdan o’tishingiz lozim. Ro’yhatdan o’tish haqida to’liqroq ma’lumot olish uchun quyidagi video ni ko’rishni tavsiya qilamiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!