×

Bolalar hayoti muhofazasi loyihalari tanlovi: mukofot – 150 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

28.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3869 marta

Children’s Prize Foundation jamgʻarmasi Children’s Prize 2020 mukofot dasturi uchun arizalar qabul qilishni boshladi. Dasturda notijorat (xayriya) tashkilotlari, kompaniyalar, davlat tashkilotlari, ilmiy muassasalar hamda jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi dunyo boʻylab besh yoshgacha boʻlgan bolalar orasida oʻlimni kamaytirish va ularning hayotini saqlab qolishga qaratilgan. Statistik maʼlumotlarga koʻra dunyo miqyosida har kuni besh yoshgacha boʻlgan 15 000 bola halok boʻladi. Children’s Prize mukofot dasturi doirasida har yili jamg’arma maqsadlariga mos keladigan, bolalar oʻlimi darajasi va ushbu sohadagi katta tajribaga ega boʻlgan samarali loyihalarni moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratiladi.

Maʻlumot uchun: 2013-yildan beri Children’s Prize dunyo miqyosida bolalar hayotini saqlab qolish uchun 1 700 000 AQSh dollaridan koʻproq mablagʻ ajratdi.

Grant kimlar uchun?

Jismoniy shaxslar, hayriya va davlat tashkilotlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Children’s Prize 2020 mukofot dasturida gʻolib boʻlgan ishtirokchi yoki tashkilotga loyihasini amalga oshirish uchun 150 000 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

  1. Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  3. Dasturda notijorat (xayriya) tashkilotlar, kompaniyalar, davlat tashkilotlari, ilmiy muassasalar hamda jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  4. Dasturda nomzodlar yakka, juftlik yoki guruh sifatida ishtirok etishlari mumkin.
  5. Tanlov ishtirokchilari dunyo boʻylab besh yoshgacha boʻlgan bolalar orasida oʻlimni kamaytirish va ularning hayotini saqlab qolishga qaratilgan samarali loyiha ishlab chiqishlari zarur.
  6. Qoʻlga kiritilgan sovrin mablagʻi loyiha rejasida koʻrsatilganidek bolalar hayotini saqlab qolish uchun sarflanishi kerak.

Batafsil maʻlumot shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Children’s Prize 2020 mukofot dasturida ishtirok etish uchun nomzod 2020-yil 28-iyunga qadar https://childrensprize.awardsplatform.com/ onlayn platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza berishi kerak. Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

  1. ENTRY FORM – ariza topshirish
  2. PRIZE PLAN – loyiha rejasini taqdim etish
  3. QUESTION & ANSWER and JUDGING process – suhbatdan oʻtish.

Har bir bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga e-mail orqali xabar beriladi. Tanlovning mutlaq gʻolibi 2020-yil noyabr oyida taqdirlanadi.

Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda. Oldingi tanlovlar g’oliblari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Tanlov haqidagi toʻliq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy sayti va savol-javoblardan topishingiz mumkin. Murojaat uchun:

E-mail: info@childrensprize.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!