×

Bolgariya: Yosh tadqiqotchilar uchun xarajatlari qoplanuvchi yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

20.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Bolgariya

O'QILGAN

2920 marta

The Central Balkan Biosphere Reserve(BR)  markazi “Integrated management, sustainable tourism, and promotion of biosphere reseves”mavzusi  doirasida tashkil etilgan yozgi maktabga  yosh tadqiqotchi olimlar hamda biosfera qo’riqxonalari amaliyotchilarini tajriba almashish  uchun taklif etadi. Dasturdan asosiy maqsad The Central Balkan BR ning boy tabiiy va mandaniy merosini o’rganish jarayonida BR va MAB  sohalarini yanda rivojlantirishga oid qo’shma loyihalar uchun g’oyalar ishlab chiqish imkoniyatni taqdim etish.

The Central Balkan BR yozgi maktabi tadqiqot mavzusiga ko’ra 4 guruhga bo’linadi:

  • Large-scale joint communication projects promoting the MAB programme
  • Connecting and involving young people into the MAB network
  • Enhancement of local products and tourist services for the sustainable development of the territory
  • Education for Sustainable Development projects within BRs

Grant kimlar uchun?

Yosh tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The Central Balkan BR yozgi maktabiga qabul qilingan nomzodlar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi.
  • Sofia tashkilotiga qarashli aeroport, avtobus va poezd bekatlaridan qulay narxlarda foydalanish imkoni beriladi.
  • Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
  • Kerakli anjomlar hamda Sayohat davomida zaruriy yo’riqnomalar hamda kerakli anjomlar bilan ta’minlanadi.
  • The Central Balkan BR yozgi maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga UNESCO Chair of the Bulgarian National MAB Committee hamda The director of Central Balkan Biosphere Reserve tomonidan maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.

Eslatma: Bolgariya davlatiga kelish-ketish transport  xarajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi. Barcha ishtirokchilar 21 Iyul (yakshanba) kunigacha belgilangan manzilga yetib borishlari lozim.

Talablar:

The Central Balkan BR yozgi maktabida ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Nomzod MAB sohasida ta’lim olgan bo’lishi yoki Sustainable Development and Mangement, Biosphere Reserves, Environmental Policies, Tourism, and protected Areas doirasda tadqiqot olib boroyotgan bo’lishi lozim.
  • The Central Balkan BR yozgi maktabi Ingliz tilida olib borilishi sababli nomzodlar Ingliz tilida ravon so’zlasha olishlari lozim.
  • Nomzodlar guruhda faol ishlay olishlari lozim.
  • Nomzod 35 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

The Central Balkan BR yozgi maktabida etish uchun onlayn ariza to’ldirish lozim, bu haqda batafsil bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Hujjat topshirish jarayonida nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim bo’ladi:

  • Rezyume.
  • Motivatsion xat: The Central Balkan BR yozgi maktabiga ishtirok etishdan maqsadingiz ifodalangan bo’lishi lozim.
  • The Central Balkan BR yozgi maktabi mavzu jihatidan 4 guruhga bo’linganligi bois, nomzodlar o’z tadqiqot sohasiga yaqin guruhni tanlashlari kerak bo’ladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun bbf@biodiversity.bg   elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!