×

Italiya: Bakalavriat va magistratura uchun 11000 yevro grant yoki kontraktga 100% chegirma


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

7295 marta

Italiyada joylashgan Bologna Universiteti bakalavr va magistratura kurslari uchun ajratgan Unibo Action 1&2: study grants and tuition fee waivers for international students – A.Y. 2020/21 moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr va magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli chet ellik talabalarga ularga moddiy rag’bat berish maqsadida beriladi. Universitetda o’qitiladigan barcha kurslar haqida ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda tahsil olish haqi bir yil uchun taxminan 23 000 yevroni tashkil etadi.

Bologna universiteti grant dasturi doirasida grant yutib olgan talabaga bir yil uchun Unibo action 2 granti ko’rinishida 11 000 yevro miqdorida grant mablag’i beriladi. Unibo action 1 granti berilgan talabalar esa kontrakt to’lovidan ozod qilinadilar. kontrakt miqdori haqida batafsil

Kelasi yil yana grant olish uchun nomzod grantga qaytadan ariza berishi kerak bo’ladi. batafsil

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod tegishli diplomga ega bo’lishi kerak (bakalavr yoki yuqori maktab diplomiga).
  2. Grantlar nomzodning SAT va GRE testlaridagi uvaffaqqiyatiga asoslangan holda belgilanadi. Shuning uchun bakalavr kursi uchun grant yutib olishni xohlovchi talaba SAT, magistratura uchun grant yutib olishni xohlovchi talaba GRE testini topshirgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod 30 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.

Kursga qabul uchun talablar:

  1. Nomzod 12 yillik ta’lim diplomig ega bo’lishi kerak (magistratura uchun bakalavr bakalavr diplomi ham kerak).
  2. Agar nomzod o’z yurtida oliy ta’lim uchun imtihon orqali o’qishga kirsa, Bologna Universitetida ham shu imtihondan o’tishi kerak bo’ladi.
  3. Nomzod ingliz yoki italyan tilini (yokiikkalasini ham) bilishi kerak. Universitetda ingliz va italyan tilida kurslar mavjud. batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Bologna universiteti grant dasturida bakalavr talabalari granti uchun arizalar qabuli 2020-yil yanvar oyidan boshlanadi va 2020-yil aprelda tugaydi. Arizalar qabuli boshlanganda arizalarni bu yer orqali jo’natish mumkin bo’ladi.

Grantga SAT va GRE imtihonlari sertfikatlaridan qaysi biri mavjudligiga qarab, ikki xil muhlatda ariza berish mumkin:

  1. Call for applications Unibo Action 1&2 – SAT (for students who are interested in registering in a First or Single Cycle Degree Programme) Bunda hujjatlar 31-aprelgacha qabul qilinadi. Natijalar may oyida e’lon qilinadi.
  2. Call for applications Unibo Action 1&2 – GRE (for students who are interested in registering in a Second Cycle Degree Programme)Bu muhlatda hujjatlar 31-martgacha topshiriladi, natijalar esa aprel oyida ma’lum qilinadi.

SAT natijalarini jo’natish uchun kod – 6993.

GRE natijalarini jo’natish uchun kod – 7850.

Ammo yodda tuting: SAT va GRE imtihonlarini AQShdan tashqari davlatlarda 2020-yil 14-martgacha topshirib bo’lishingiz kerak.

Saralash jarayonida eng kuchli nomzodlar ro’yxati tuzilgach ularga Unibo Action 1 yoki 2 grantlari belgilanadi. Kursga qabul esa kurs yo’nalishiga bog’liq holda turli vaqtlarda bo’lishi mumkin. Sizni qiziqtirgan kurs uchun hujjat topshirishda shu kurs ma’lumotlari bilan tanishib chiqish tavsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun internationaldesk@unibo.it elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!