×

Bond University: PhD uchun to‘liq grant; yillik 16 192 AQSh dollari stipendiya; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2707 marta

Avstraliyaning Kvinslend shahri Gold-kost shaharchasida joylashgan Bond University navbatdagi HDR Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda oʻqitiladigan PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grant 4 yilgacha ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Dastur g‘oliblariga 4 yilgacha yiliga 28 092 AUD (taxminan 16 192 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • 4 yilgacha kontrakt to‘lovi va yashash xarajatlari to‘lab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Bond Universityga PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi boʻlimda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (75% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod oldin tadqiqotlar olib brogan bo‘lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Oʻqishga kirish uchun IELTS kamida 7,0 (har bir boʻlimdan kamida 6,5) ball talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Bond Universityning PhD bosqchida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Hujjatlar 2021-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerda oʻqishga kirish talablari haqida batafsil oʻqib chiqing.
  2. Expression of interest (EOI)ni toʻldirib, tanlangan fakultetga joʻnating.
  3. Oʻqishga kirishga ariza topshiring.
  4. Grantga ariza berishdan avval baholash mezonlari bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Letter of Offer for Admissionni olganingizdan keyin grantga ariza shaklini onlayn tarzda toʻldiring.

Oʻqishga kirish va grantga hujjat topshirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.

Kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/Rezyume.
  • Magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
  • Tarjimai hol.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Nomzodlarni saralash ularning muzeylardai qushlarga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, qushlar bilan bogʻliq tadqiqotlard qatnashganligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: researchscholarships@bond.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!