Avstraliyada joylashgan Bond Universiteti tomonidan beriladigan HDR Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet doktorantura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli talabalarga beriladi. Grant dasturidan maqsad umidli talabalarni qo’llab-quvvatlash. Bond universitetida o’qitiladigan doktorantura kurslari haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
Grant kimlar uchun?
Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
HDR grantini yutib olgan talaba kontrakt to’lashdan ozod etiladi, tibbiy sug’urta qilinadi va unga yashash xarajatlari uchun yillik stipendiya beriladi. Stipendiya miqdori 27595 Avstraliya dollari (taxminan 19565 AQSh dollari) ni tashkil etadi.
Talablar:
- Nomzod Bond Universitetiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
- Nomzod magistratura kursini tamomlagan bo’lishi zarur.
- Nomzodning baholari yaxshi va a’lo bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini kamida C1 darajasida bilishi kerak. Til bilish darajasi IELTS, TOEFL kabi xalqaro test natijalari orqali ko’rsatiladi. batafsil
- Bond Universiteti grantiga ilgari hujjat topshirib, grant yutolmagan nomzodlarning arizalari ko’rib chiqilmaydi.
Doktorantura kursiga qabul talablari bilan 2019-yilgi qabul yo’riqnomasida tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga hujjat topshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
- Nomzod “Expression of Interest to Faculty” (EOI) taqdim etishi kerak. Bu hujjat tasdiqlangandan keyingina kursga hujjat topshirish mumkin.
- Nomzod o’zi uchun nazoratchi (ilmiy rahbar) topishi, u bilan bog’lanishi va hamkorlik qilish uchun roziligini olishi kerak.
- Nomzod Bond universitetidan o’zi tanlagan doktorantura kursiga hujjat topshirish
- Nomzod talabalikka tavsiya etilgach, bu yer orqali grantga ariza berish mumkin.
Grantga saralash jarayoni
Grantga saralash jarayonida nomzodlar reytingi tuzilib, eng yuqori o’rinlardagi talabalarga grant beriladi. Reyting quyidagi me’zonlar asosida shakllantiriladi:
- Shaxsiy bayonot (personal statement) – 5 ball
- Ilgari erishilgan akademik yutuqlar – 30 ball
- Tadqiqot tajribasi va imkoniyatlari (ish tajribasi va lavozimlar) – 20 ball
- Tavsiyanomalarga keltirilgan fikrlar – 15 ball
- Tadqiqot takligi – 10
- Nomzodning boshqa yutuqlari (mukofotlar va hkz.) – 10 ball
- nomzodning ta’lim sohasiga qo’shgan hissasi, tadqiqot samarasi va strategik prioritetlarga mosligi – 10 ball. batafsil
Bond Universitetiga qabul yo’riqnomasi
Ma’lumot uchun +61 7 5595 5039 raqami yoki research@bond.edu.au elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.