×

Bonn International Graduate School of Mathematics: Germaniyada matematika bo’yicha doktorantura kursi uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1203 marta

Germaniyada joylashgan Bonn Universiteti  matematika fakulteti hisoblangan Bonn International Graduate School of Mathematics (BIGS) matematika bo’yicha doktorantura (Ph.D.) kursiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu kurs talabalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida grantlar ham belgilanadi. Ph.D. kursi haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Ph.D. kursiga qabuldan avval 1 yillik tayyorlov kursi (Qualifying year) ham mavjud bo’lib, bu kursga magistraturani tamomlagan, ammo doktoranturani boshlash oldidan ma’lum kurslarni o’qish niyatidagi talabalar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Matematika bo’yicha doktorantura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ph.D. kursi talabalari uchun moliyaviy ko’mak dasturlari turli xil.

  1. Hausdorff Doctoral Positions Bunda 25 nafar Ph.D. talabalariga oyiga 1700 yevro stipendiya beriladi. Kontrakt to’lovi mavjud emas. Qualifying Year tayyorlov kursiga qabul qilingan talabalarga oyiga 800 yevro stipendiya ajratiladi.
  2. DAAD Graduate School Scholarship Program Bunda universiteti eng munosib talabalarni Germaniya hukumatining DAAD granti uchun tavsiya qiladi. Bu dastur doirasida talabaga to’liq grant beriladi.
  3. IMPRS Moduli Spaces grantlari. International Max Planck Research School grantlari ham talabaga moliyaviy ko’mak ajratadi. Bu grantga talabalarni universitetning o’zi tavsiya qiladi.
  4. Undan tashqari, talabalar universitetda dars berish orqali yashash xarajatlarini qoplashlari mumkin (teaching assistantships).

Ayol mutaxassislarni qo’llab-quvvatlash maqsadida grantlarning kamida 40% qismi ayol talabalarga ajratiladi. Bir xil natijalarga ega nomzodlar ichidan ayol nomzodlarga ustunlik beriladi.

Talablar:

  • Nomzod matematika bo’yicha bakalavr va magistratura diplomiga ega bo’lishi yoki yozda ega bo’lishi kerak.
  • O’qish ingliz tilida bo’ladi, qabul uchun nomzoddan kamida TOEFL IBT 80 yoki boshqa testdan shunga teng natijalar ko’rsatilgan sertifikat talab qilinadi.
  • Barcha grantlar nomzodning akademik yutuqlari, baholari, nashrlari, tadqiqot faoliyati asosida belgilanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish istagidagi nomzodlar Ph.D. kursi arizasining grantga oid qismiga belgi qo’yish orqali grantga da’vogarligini ko’rsatadi. Ph.D. kursiga arizasida grantga da’vogarligini ko’rsatgan barcha nomzodlarning hujjatlari yuqorida ko’rsatilgan grantlar uchun ko’rib chiqiladi.

Ph.D. kursiga arizalar 30-aprelgacha (2021-yil oktyabrdagi kurs uchun) va 30-noyabrgacha (2022-yil bahordagi kurs uchun) qabul qilinadi. Ph.D. kursiga arizani bu yerda boshlashingiz mumkin.

Ph.D. dan avvalgi bir yillik Qualifying Year (QY1) kursiga ariza berish uchun Ph.D. uchun onlayn arizadagi“PhD studies following one qualification year” bo’limiga belgi qo’yiladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. CV
  2. Motivatsiya inshosi
  3. Diplomlar va baholar
  4. 2 ta tavsiyanoma
  5. Nomzod yozgan ilmiy ishlardan namuna. Bunda magistratura diplom ishi yoki shu kabi ish namunasi so’raladi.

Ilk saralashdan o’tgan nomzodlar suhbatga taklif qilinadi.

Murojaat uchun: bigs@math.uni-bonn.de.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!