×

Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari uchun: Astronomiyadan bepul onlayn kurs!


Grant

MUHLAT

01.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Istalgan davlatda

O'QILGAN

2757 marta

Royal Observatory Greenwich va Future Learn hamkorlikda Astronomiya va Quyosh Sistemasiga qiziquvchi boshlangʻich maktab oʻqituvchilari uchun Teaching Primary Science: the Solar System and Beyond onlayn kurslarini taqdim etmoqda. Kurslar mutlaqo bepul boʻlib, Royal Observatory Greenwich xodimlari va murabbiylari tomonidan olib boriladi. Ushbu kurs boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va uy sharoitida dars beradigan oʻqituvchilariga moʻljallangan boʻlib, ular kosmos, Quyosh tizimi va fanlar haqidagi bilimlarini yanada kengroq kengaytirish va boshlangʻich fan darslarini takomillashtirishga hizmat qiladi. Onlayn kurs 3 hafta davom etib, haftasiga 3 soatlik darslardan tashkil topgan. Onlayn kurs mavzulari jadvali shu yerda.

Grant kimlar uchun?

Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Onlayn kusrda oʻqish mutlaqo bepul boʻlib, kurs yakunida ishtirokchilar quyidagi bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar:

  • Quyosh, Yer, Oy tizimi, fasllar, tutilishlar va Quyosh tizimi atamalari zamiridagi ilmiy tushunchalarni izohlash;
  • Sinf bilan astronomiya va kosmik fanlar sohasidagi murakkab mavzularni ochiq muhokama qila olish;
  • Oʻquvchilardagi ushbu mavzuni oʻrganishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan har qanday tasavvurni mustaqil ravishda oʻzgartira olish;
  • Astronomiya va kosmik fanga oid ishonchli maʼlumot manbalarini aniqlash, real odamlar va real ma’lumotlarning atrofimizdagi dunyo bilan qanday bogʻliqligi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlish;
  • Oʻz bilim va tajribasini fazoviy fanlarni oʻqitishning yangi usullari bilan qoʻllashni oʻrganish va h.k. batafsil

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq).
  2. Nomzod boshlangʻish maktab oʻqituvchisi yoki uy sharoitida dars beradigan oʻqituvchi boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (videolarda ingliz tilidagi subtitrlar mavjud).

Dasturga qabul jarayoni:

Teaching Primary Science: the Solar System and Beyond onlayn kursida qatnashish uchun shu yerdan roʻyxatdan 2020-yil 1-iyungacha oʻtish yetarli boʻladi. Darslar roʻyxatdan oʻtilgan kunning oʻzidanoq boshlanadi. Ishrirokchi roʻyxatdan oʻtilgan kundan boshlab 5 hafta davomida tizimga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.

  • Kurs veb-saytiga oʻting.
  • FutureLearn`da roʻyxatdan oʻting.
  • Kerakli kursni tanlang va qoʻshiling.
  • Kurs boshlanganidan soʻng, qatnashchi kurs materiallariga kirish huquqiga ega boʻladi (5 hafta davomida).
  • Boshlanish sanasidan keyin ishtirokchilar «Mening kurslarim» sahifasidagi «Kursga oʻtish» havolasini bosib, kursga kirishlari mumkin.
  • ishtirokchilar FutureLearn`ning mazkur kursini tamomlaganliklarini koʻrsatish uchun sertifikat sotib olishlari mumkin. Batafsil maʼlumot shu yerda.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy sayti yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!