×

Bosniya va Gersogovina: Xalqaro BMT Modeli konferensiyasi


Grant

MUHLAT

02.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Bosniya va Gersegovina

O'QILGAN

3164 marta

Bosniya va Gersogovinaning Sarayevo shahrida 2018-yilning 20-23-sentabr kunlari bo’lib o’tadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli 2018 konferensiyasiga talabalardan arizalar qabul qilinmoqda. Konferensiyaning asosiy maqsadi BMT va yoshlar o’rtasida vertikal ma’lumot almashinuvi hosil qilish.  Bu konferensiya qonunchilik, hududiy va xalqaro diplomatiya, PR va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Bu yilgi konferensiyada tashkilotning quyidagi qismlarining ish yuritish jarayonlari o’rganiladi:

  • United Nations Security Council (UNSC)
  • United Nations Human Rights Council (UNHRC)
  • UN WOMEN
  • Council of the European Union – General Affairs Council (GAC)

Grant kimlar uchun?

17-27 yoshdagi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiya ishtirokchilari eng jiddiy global muammolarni o’rganib chiqish va tahlil qilish, BMT ning o’rganilayotgan tashkiloti ish jarayoniga taqlidan turli majlislar o’tkazish, oratorlik qobiliyatini rivojlantirish, dunyodagi ijobiy o’zgarishlarga hissa qo’shish niyatidagi boshqa yoshlar bilan tanishish va yetakchi ekspertlardan saboq olish kabi imkoniyatlarga ega bo’lishadi.

Talablar:

Nomzodlar 17-27 yosh oralig’idagi yoshlar bo’lishlari zarur. Konferensiyada OTMning turli bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar ham ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirishdan oldin konferensiyada qatnashish tartibi bilan tanishib chiqish zarur. Konferensiya davomida qatnashchilar delegatsiyalarga bo’linishadi va har bir delegatsiyada 5 nafardan qatnashchi bo’ladi. Bu vaziyatda delegatsiya yetakchisi delegates@sarajevomun.com elektron manziliga barcha a’zolarning ro’yxatini yuborishi kerak. Ariza topshirish jarayonida nomzodlar o’zlarining 5 kishilik delegatsiyalarini tashkil qilib birdaniga hujjat topshirishlari mumkin. Nomzodning o’zi yakka tartibda ariza berishi ham mumkin, bunda qaysi tartibda ro’yxatdan o’tish ariza formasida ko’rsatib o’tiladi.

Sarajevo Model Uniten Nations 2018 konferensiyasida ishtirok etishni soddalashtirish uchun tashkilotchiar tomonidan barcha yoki asosiy harajatlarni o’z ichiga oladigan yagona “ishtirok etish to’lovi” (participation fee) miqdori belgilangan. Bu to’lovlar standart va premium to’plamlarni oz ichiga oladi. Xalqaro qatnashchilar uchun premium to’plamni xarid qilish tavsiya etiladi, chunki bu konferensiya o’tkaziladigan shaharni yaxshi bilmagan qatnashchilar uchun turli muammolarning oldini oladi.

  1. Standart to’plam. Narxi: 40 yevro. Bu to’plam konferensiyadagi barcha mashg’ulotlarda ishtirok etish va ta’minlanadigan uch martalik tushlikni (har kuni bir martadan) o’z ichiga oladi. Undan tashqari qatnashchilar chegaralangan tartibda basseyndan foydalanishlari mumkin bo’ladi.
  2. Premium to’plam. Narxi: 130 yevro. Bu to’plamni harid qilgan qatashchilar konferensiyaning barcha mashg’ulotlarida ishtirok etish bilan birga tadbir o’tkaziladigan Hotel Hills 5* mehmonxonasida uch kecha qolishadi, ularga uch kun uch mahaldan ovqat ta’minlab beriladi va mehmonxonadagi basseyn, trenajyor va SPA kabi xizmatlardan foydalanish huquqi beriladi. Mehmonxonada 3 kechadan ko’proq qolishni xohlovchilar delegates@sarajevomun.com elektron manziliga bu haqda xabar yo’llab, qo’shimcha necha kun qolmoqchiliklari va qolishi kerak qatnashchilarning ism-shariflarini ko’rsatishlari zarur.

Ma’lumot uchun: secretariat@sarajevomun.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!