×

Bosniya va Gersogovinada Xalqaro BMT Modeli konferensiyasi!


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Bosniya va Gersegovina

O'QILGAN

2086 marta

Bosniya va Gersogovinaning Sarayevo shahrida 2019-yilning 26-29-sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli 2019 konferensiyasiga talabalardan arizalar qabul qilinmoqda. Konferensiyaning asosiy maqsadi BMT va yoshlar oʻrtasida vertikal ma’lumot almashinuvi hosil qilish.  Bu konferensiya qonunchilik, hududiy va xalqaro diplomatiya, PR va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Bu yilgi konferensiyada tashkilotning quyidagi qismlarining ish yuritish jarayonlari oʻrganiladi:

  • United Nations Security Council (UN SC)
  • United Nations Women (UNW)
  • United Nations SDG Summit (High Level Political Forum)
  • World Health Organization (WHO)

Grant kimlar uchun?

17-27 yoshdagi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiya ishtirokchilari eng jiddiy global muammolarni oʻrganib chiqish va tahlil qilish, BMT ning oʻrganilayotgan tashkiloti ish jarayoniga taqlidan turli majlislar oʻtkazish, oratorlik qobiliyatini rivojlantirish, dunyodagi ijobiy oʻzgarishlarga hissa qoʻshish niyatidagi boshqa yoshlar bilan tanishish va yetakchi ekspertlardan saboq olish kabi imkoniyatlarga ega boʻlishadi.

Konferensiyada qatnashish pulli. Sarajevo Model United Nations 2019 konferensiyasida ishtirok etishni soddalashtirish uchun tashkilotchiar tomonidan barcha yoki asosiy harajatlarni oʻz ichiga oladigan yagona “ishtirok etish toʻlovi” (participation fee) miqdori belgilangan. Bu toʻlovlar standart va premium toʻplamlarni oz ichiga oladi.

  1. Standart toʻplam. Narxi: 40 yevro. Bu toʻplam konferensiyadagi barcha mashgʻulotlarda ishtirok etish va ta’minlanadigan uch martalik tushlikni (har kuni bir martadan) oʻz ichiga oladi. Undan tashqari qatnashchilar chegaralangan tartibda basseyndan foydalanishlari mumkin boʻladi.
  2. Premium toʻplam. Narxi: 130 yevro. Bu toʻplamni harid qilgan qatashchilar konferensiyaning barcha mashgʻulotlarida ishtirok etish bilan birga tadbir oʻtkaziladigan Hotel Hills 5* mehmonxonasida uch kecha qolishadi, ularga uch kun uch mahaldan ovqat ta’minlab beriladi va mehmonxonadagi basseyn, trenajyor va SPA kabi xizmatlardan foydalanish huquqi beriladi. Mehmonxonada 3 kechadan koʻproq qolishni xohlovchilar delegates@sarajevomun.com elektron manziliga bu haqda xabar yoʻllab, qoʻshimcha necha kun qolmoqchiliklari va qolishi kerak qatnashchilarning ism-shariflarini koʻrsatishlari zarur.

Xalqaro qatnashchilar uchun premium toʻplamni xarid qilish tavsiya etiladi, chunki bu konferensiya oʻtkaziladigan shaharni yaxshi bilmagan qatnashchilar uchun turli muammolarning oldini oladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  3. Nomzodlar 17-27 yosh oraligʻidagi yoshlar boʻlishlari zarur.
  4. Konferensiyada OTMning turli bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar ham ishtirok etishlari mumkin.

Dastur boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlarni 2019-yil 31-avgustgacha topshirilgani maqsada muvofiq.

Jarayon quyidagicha:

  1. Hujjat topshirishdan oldin konferensiyada qatnashish tartibi bilan tanishib chiqish zarur.
  2. Konferensiya davomida qatnashchilar delegatsiyalarga boʻlinishadi va har bir delegatsiyada 5 nafardan qatnashchi boʻladi. Bu vaziyatda delegatsiya yetakchisi delegates@sarajevomun.com elektron manziliga barcha a’zolarning roʻyxatini yuborishi kerak.
  3. Ariza topshirish jarayonida nomzodlar oʻzlarining 5 kishilik delegatsiyalarini tashkil qilib birdaniga hujjat topshirishlari mumkin.
  4. Nomzodning oʻzi yakka tartibda ariza berishi ham mumkin, bunda qaysi tartibda roʻyxatdan oʻtish ariza formasida koʻrsatib oʻtiladi.

Ma’lumot uchun: secretariat@sarajevomun.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!