×

Boston University Presidential Scholarship: Bakalavr bosqichi uchun 100 000 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

01.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

17861 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlari Massachusets shtatining Boston shahrida joylashgan Boston universiteti (BU) bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlar uchun Presidential Scholarship grant dasturini taklif qiladi. Grant universitet tarkibidagi barcha bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Dasturning maqsadi iqtidorli, yetakchi talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdir. Hozirda 2023-yildan oʻqishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Maʼlumot uchun: Boston universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2023-yil avgust holatiga koʻra, ushbu universitet dunyodagi eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 93-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Boston universiteti (BU) bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2023/2024 oʻquv yili holatida 63 798 AQSh dollarini tashkil etadi.

Presidential Scholarship grantini yutib olgan talabalarga yillik 25 000 AQSH dollari mablagʻ ajratiladi. Grant keyingi yillarda ham taqdim etilishi uchun grantni yutgan talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari qoniqarli darajada boʻlishi lozim. Grantning 4 yillik jami miqdori 100 000 AQSH dollari boʻladi.

Grant talabaning yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarini qoplamaydi. Ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitet bakalavriat kurslaridan biriga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi, yetakchi va jamiyatda faol boʻlishi kerak.
  • Nomzoddan grant uchun qoʻshimcha esse yoki boshqa hujjat soʻralmaydi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Bakalavriatga IELTS kamida 7,0 yoki TOEFL iBT 90-100 ball boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.
  • Nomzod arizani CommonApplication tizimida toʻldirishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Mazkur grantga alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Boston universitetining bakalavriat kurslariga hujjat topshirgan va mazkur grant uchun talabgor sifatida koʻrib chiqilishini xohlashini universitet arizasini koʻrsatgan talabalar grantga nomzod sifatida koʻrib chiqiladi.

Ushbu grantni qoʻlga kiritish uchun nomzodlar har yili 1-dekabrgacha bakalariat kurslaridan biriga hujjat topshirishi lozim (2024-yili boshlanadigan oʻqishga grant yutish uchun 2023-yil 1-dekabrgacha ariza topshirilishi kerak). Grant yutishni istalgan nomzodlar erta hujjat topshirishlari maqsadga muvofiq.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  • Onlayn ariza toʻldirish Common Applicationboʻlimi orqali amalga oshiriladi. Ariza toʻldirish uchun 80 AQSh dollar badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.

Boston universiteti bakalavrlik kurslariga ariza topshirishda taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va ularga berilgan tushuntirishlarni BU YERDAN topasiz.

Hujjat topshirish boʻyicha savollar yuzasidan intadmis@bu.edu manziliga murojaat qiling.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va bakalavriatga ariza topshirish jarayoni haqida batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun: intadmis@bu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!