×

Boustany Foundation: Harvard MBA kursi uchun 102200 AQSh dollari miqdorida moliyaviy yordam dasturi, o’qish davridagi amaliyot xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4007 marta

Xorijlik talabalarni qo’llab-quvvatlovchi Boustany Foundation moliyaviy yordam dasturi o’zining Boustany MBA Harvard Scholarship grant dasturi orqali Harvard Business School oliygohida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Harvard Business School oliygohida o’qitiladigan MBA kursi uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu oliygohlarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash. 

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar 2 yillik MBA kursi uchun 102200 AQSh dollari miqdorida yordami puli bilan ta’minlanadilar. Undan tashqari o’qish davridagi amaliyot xarajatlari ya’ni sayohat va yashash xarajatlari ham qoplanadi.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod Harvard Business School oliygohining MBA kursiga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. MBA kursi qabul talablari haqida bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod yuqori akademik ko’rsatkichlarga erishgan bo’lishi lozim. 
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq. 
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 7.5 ball, TOEFL IBT 109 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin. 
  • Nomzod Boustany Foundationning 2 oylik amaliyot dasturiga rozilik bildirishi lozim. Amaliyot davomida nomzodga haq to’lanmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Boustany MBA Harvard Scholarship grant dasturiga ariza bu yerda elektron pochta orqali 2021-yilning 31-mayidan kechikmasdan yuborilishi lozim. Ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar ham taqdim etilishi lozim:

 

  • Akademik rezyume (rasm biriktirilgan bo’lishi lozim)
  • GMAT testi natijasini ko’rsatuvchi sertifikat
  • Harvard MBA kursiga qabul qilinganlik tog’risida ma’lumotnoma

 

Shundan so’ng barcha hujjatlar Boustany Foundation tomonidan o’rganib chiqiladi. Nomzodlar ichidan eng munosiblari saralanib intervyuga chaqiriladi. Intervyu natijasidan so’ng 2021-yilning iyun oyida grant o’z sohibiga topshiriladi. 

Qo’shimcha ma’lumot uchun info@boustany-foundation.org   elektron manziliga  murojaat qilishingiz mumkin. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!