×

bp kompaniyasidan Tokiodagi 4 kunlik One Young World sammitida qatnashish uchun 5 ta toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

09.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1732 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

bp kompaniyasi ushbu sammitda qatnashish uchun Net Zero Scholarship grantini taklif etmoqda. Grant doirasida 5 nafar nomzodning sammitga qatnashish bilan bogʻliq xarajatlari toʻliq qoplanadi.

bp kompaniyasi ishlab chiqarish faoliyatida ishlatiladigan energiya nafaqat ishonchi va arzon, balki toza boʻlishini ham xohlaydi. Jumladan, kompaniya 2050-yilgacha yoki undan ertaroq oʻz faoliyatida karbonat angridrid chiqindilarini chiqarish darajasini nolga yetkazishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Bu kompaniya amaliyotlari va ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan karbon miqdorini keskin kamaydirishni anglatadi. bp kompaniyasining ushbu maqsadi haqida bu yerda batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Kompaniya shu maqsad sari harakatlanar ekan, boshqalar fikrini tinglash, ulardan oʻrgaish va ular bilan birga ishlashni xohlaydi. Shu sababli bp kompaniyasi insonlar va sayyoramiz uchun energiyani yangicha shaklda qayta koʻrib cchiqayotgan yosh innovatorlarni aniqlash va ular bilan muloqot qilish uchun Net Zero Scholarship grantini eʼlon qildi.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan 5 nafar nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • 2022-yil 16-19-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
  • 2022-yil 15-19-may kunlari mehmonxonadan bepul shaxsiy xona taʼminlanadi.
  • Tokioga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminalandi.
  • Sammit oʻtkaziladigan manzillararo qatnash uchun yer usti transporti taʼminlanadi.
  • Sammitdan oldingi va keyingi bp dasturlarida qatnashish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga boʻlgan tasdiqlangan intilishga ega boʻlish kerak.
  • Yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlish kerak.
  • Asosiy mahalliy va/yoki global muammolar haqida tushunchaga ega boʻlish kerak.
  • Quyidagi sohalardan birida koʻrsatilgan taʼsir / natija:
    • Quyosh va shamol texnologiyalari kabi karbon chiqindilarni kamaytiruvchi mavjud energiya texnologiyalarni yaxshilash.
    • Karbon chiqindilarini kamaytiruvchi energiyadan foydalanish imkoniyatini yaxshilash.
    • Uy xoʻjaliklarim shaharlar va sanoat korxonalarida karbonat angridrid chiqindilarini kamaytirish sohasidagi innovatsiyalar/
    • Ilgʻor (progressiv) iqlim siyosatini targʻib qilish.

Dasturga qabul jarayoni:

Leading Asia grantiga arizalar 2021-yil 9-dekabrga qadar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!