×

Branco Weiss Fellowship grantlari: dunyo bo’ylab postdoktorlik tadqiqoti uchun 111 124 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

616 marta

Branco Weiss Fellowship – Science in Society grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar doktorantura kursini tamomlagan tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan. Dastur tadqiqotchilarga o’zlari tanlagan mavzuda besh yilgacha tadqiqot qilish imkonini beradi. Dastur shvetsiyalik tadbirkor Branco Weiss tomonidan moliyalashtirilgan. 

Grantga ilmiy, muhandislik va ijtimoiy fanlarning yangi yo’nalishlarida noan’anaviy tadqiqotlarni amalga oshiradigan tadqiqotchilar hujjat topshirishlari mumkin. Dastur asosan PhD darajasini qo’lga kiritgan, ammo tadqiqot muassasasida hali ish boshlamagan yosh tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan. Hozirda postdoktorlik lavozimida ishlab kelayotgan nomzodlar ham qabul qilinishlari mumkin.

Branco Weiss Fellowship grant dasturiga akademik darajalari hamda shaxsiy sifatlari asosida saralab olingan 10 nafar tadqiqotchi qabul qilinadi. 

Tadqiqot grantlari 5 yilga beriladi. Ilk 2 yil Pioneer Phase deb ataladi hamda bu vaqtda tadqiqotning asosi yaratiladi. 2-yil so’nggida tadqiqot holati o’rganiladi. Tekshirishdan muvaffaqiyatli o’tgan tadqiqotchilar Exploitation Phase deb atalgan bosqichga o’tib, keyingi 3 yil uchun grant oladilar. Bu vaqtda tadqiqotchi ta’lim muassasalariga ishga  kirishi mumkin, bu grant holatiga ta’sir qilmaydi.

Tadqiqotchi dunyoning istalgan hududida, istalgan muassasada, hatto bir nechta muassasalarda tadqiqot olib borishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

PhD darajasiga ega tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tadqiqotchiga tadqiqot xarajatlari uchun 5 yil davomida har yili CHF 100 000 (111 124 AQSh dollari) stipendiya beriladi.

Talablar:

  • Nomzod 2021-yil 15-yanvar sanasiga ko’ra PhD darajasiga ega bo’lishi shart. 
  • Nomzod PhD darajasini olganiga 5 yildan oshmagan bo’lishi zarur. Dekret ta’tili (1 yilgacha) va kasallik holatlari bundan mustasno.
  • Nomzod hali biror muassasada o’qituvchi lavozimida ishlamagan bo’lishi zarur.
  • Nomzod o’z sohasidagi odatdagi tadqiqot mavzularidan boshqacharoq, o’ziga xos mavzuda tadqiqot qilayotgan bo’lishi kerak. Grantlar boshqa istalgan tashkilot tomonidan moliyalashtirish mumkin bo’lgan, odatiy va keng tarqalgan mavzulardagi tadqiqot loyihalariga berilmaydi.
  • Nomzod ajoyib ilmiy yutuqlarga erishgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod rejalashtirgan tadqiqot 5 yil ichida o’z nihoyasiga yetishi lozim. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 15-yanvargacha qabul qilinadi.  Arizalar bu yerda topshiriladi. Batafsil

Kerakli hujjatlar:

  • Motivatsion insho
  • Tadqiqot rejasi (4 betgacha)
  • CV (4 betgacha)
  • Tadqiqot olib boriladigan muassasadan taklifnoma
  • Nashrlar
  • Ushbu hujjat.

Hujjatlar PDF formatida bo’lishi va barchasining umumiy hajmi 15MBdan oshmasligi zarur. 

Qo’shimcha ma’lumot uchun bu yerga bosing. Murojaat uchun: brancoweissfellowship@ethz.ch

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!