×

Braziliya: 6-12 oylik amaliyot dasturi; bepul turar joy, 294 AQSh dollar stipendiya va sertifikat beriladi!


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Braziliya

O'QILGAN

2338 marta

4YOU2 Teach hamkorlik dasturi Braziliyaning San Paulo shahrining kam ta’minlangan qismlarida chet tilini oʻrganish uchun sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur doirasida 6000 dan ziyod oʻquvchilar oʻqitilgan. Mazkur til maktabi oʻquvchilardan nisbatan kam haq oladi va Braziliyadagi eng arzon til maktabi hisoblanadi. Ushbu til markazi oʻquvchilar va til oʻrgatuvchilar oʻrtasidagi madaniy almashinuvni muhim hisoblagani uchun ham har yili oʻnlab oʻqituvchilarning faoliyatini moliyalashtirib, faqat chet ellik oʻqituvchilardan iborat oʻqitish muhitini yaratgan. Dasturda qatnashuvchilar haftasiga 20-26 soat, kuniga 6 soatgacha yuklama bilan ishlaydilar.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tilida erkin soʻzlashuvchi volontyor/koʻngillilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Oʻqituvchilar uchun turar joy tashkil qilib beriladi. Ular mahalliy oilalalar bilan birga yashashadi.
  2. Qatnashchilar Braziliyada hayot kechirishi uchun yetarli boʻlgan 1 100 Braziliya reali (taxminan 294 USD) oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  3. Qatnashchilarga bir hafta davomida oʻqitish uslublari oʻrgatiladi.
  4. Nomzodlar ijobiy muhitda amaliyot oʻtash va yaxshi taassurotlar bilan qaytish imkoniga ega boʻlishadi.
  5. Dastur soʻnggida qatnashchilar ishtirok va trening sertifikatlari bilan taqdirlanadilar.

Braziliyaga borish va kelish, viza va sugʻurta kabi xarajatlarni qatnashchilarning oʻzlari qoplashlari zarur.

Barcha ma’lumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlaridan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzod 4YOU2 dasturining hayriya maqsadidagi harakatlarini tushunishi va ularga hissa qoʻshishni xohlashi kerak.
  3. Nomzod kamida kolej yoki litsey diplomiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod Braziliya fuqarosi boʻlishi mumkin emas.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi zarur. Uning ham yozma, ham ogʻzaki nutqi ravon boʻlishi va ingliz tilini qiyinchilikiz tushunishi lozim.

Dastur boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun ariza 2019-yil 30-avgustgacha topshiriladi.

Dasturga qabul onlayn ariza orqali amalga oshiriladi. Onlayn ariza topshirish sahifasiga kirgach, faqat ism va elektron pochta manzili kiritilgandan keyingina arizaning keyingi qismlariga oʻtish mumkin.

Ma’lumot uchun: teach@4y2.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!