×

Breakthrough Generation: AQSHda 10 haftalik amaliyot; haftasiga 600 dollar ish haqi toʻlanadi


Grant

MUHLAT

29.01.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3281 marta

Breakthrough Generation  – bu Breakthrough institutining yosh yetakchilari tashabbusi boʻlib, u orqali ekomodernist mutafakkirlar, yozuvchilar va olimlarning keyingi avlodini oʻqitiladi va ular bilan hamkorlik qilinadi. Tashabbus dunyodagi asosiy ekologik va insoniyat rivoji bilan bogʻliq muammolarni hal qilish bir necha oʻn yillar davomida amalga oshishi hamda ularni eskirgan tafakkur va harakat shakllari bilan hal qilib boʻlmasligiga ishonadi.

Ushbu tashabbus butun dunyo aholisi uchun xavfsiz, istiqbolli va ekologik jihatdan joʻshqin kelajakni yarata oladigan mutafakkirlar va amaliyotchilarga sarmoya kiritadi.

Dastur bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari, yosh mutaxassislar va aspirantura talabalari uchun moʻljallangan. Dasturga qabul qilinganlar 2022-yilning iyun-avgust oylarida (10 hafta) institutning Berkeleydagi (AQSH, Kaliforniya) ofislarida taʼlim oladi va amaliyot oʻtaydi. Ishtirokchilar dastlabki 2 hafta davomida Breakthrough Bootcampʼda qatnashadi. Bootcamp intensiv oʻqish, yozish va ekspertlar maʼruzalaridan tashkil topgan kursdan iborat. Ushbu kurs modernizatsiya nazariyasi, ijtimoiy psixologiya, siyosat va falsafa, itisod va innovatsion siyosat hamda texnologiya siyosati kabi mavzularni qamrab oladi.

Dasturning qolgan qismi quyidagi 3 ta soha boʻyicha kichik jamoalarga birlashgan holda oʻtiladiL

  • Iqlim va energiya
  • Oziq-ovqat va fermerlik
  • Shaharlar

Tadqiqotchilar ilmiy rahbarligi ostida ishtirokchilar maqola, hisobot va qaydlar shlab chiqadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari, bakalavriat bosqichi bitiruvchilari va aspirantura (magistratura va PhD bosqichi) talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlarga haftasiga 600 dollardan ish haqi toʻlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari, bakalavriat bitiruvchilari (yosh mutaxassislar) va aspirantura (magistratura yoki PhD) talabalari ariza topshira oladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Dastur toʻliq ingliz tilida boʻladi.
  • Qabul qilinganlar AQSHga borishdan oldin COVID-19 ga qarshi toʻliq vaksina olgan boʻlishi / olishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 29-yanvargacha tush soat 12:59 gacha qabul qilinadi. Onlayn arizani BU YERDA toʻldirishingiz mumkin.

Ariza toʻldirishda quyidagi hujjatlarni yuklash kerak:

  • Muqova xat (Cover Letter).
  • CV/Rezyume (maksimal 2 bet).
  • Tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlari.
  • Kamida 3 ta yozma (ilmiy, tadqiqot) ish namunasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida va PDF formatda yuklanishi lozim. Yuqorida sanalgan hujjatlar va ularga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing (sahifa oxirida).

Ariza topshirish muhlati tugagandan keyin 2-4 hafta ichida nomzodlarga natijalar haqida xabar qilinadi. Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan 2 raunda telefonda intervyu boʻlib oʻtadi. Intervyulardan ham muvaffaqiyatli oʻtganlar dasturga qabul qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan fellowships@thebreakthrough.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!