×

Breakthrough Generation Fellowship: AQShda 10 haftalik tadqiqot uchun haftasiga 600 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

12.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1678 marta

Breakthrough Institute tadqiqot muassasasining Breakthrough Generation Fellowship yozgi tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Yozgi rezidensiya va tadqiqot dasturi bakalavr bosqichi bitiruvchi kurslari, magistratura va doktoranturani tamomlagan va doktoranturadan keyingi tadqiqot olib borayotganlar uchun mo’ljallangan. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilar quyidagi uchta yo’nalishdan biri bo’yicha tadqiqot olib boradi:

  • Energy
  • Cuties
  • Food & farming.

Tadqiqot dasturi iqtisod, atrof-muhit va energiya bo’yicha muammolarga yechim topish maqsadida tirishqoq, salohiyatli tadqiqotchilarni jalb qiladi. Tadqiqot 2021-yil iyun-avgust oylarida 10 hafta davomida bo’lib o’tadi. Dastur odatda AQShning Kaliforniya shtati, Oakland shahrida o’tkaziladi, ammo 2020-yilgi tadqiqot onlayn o’tkazilgan. 2021-yilgi dasturni Oaklandda o’tkazish rejalashtirilgan, lekin tadqiqot AQShda yoki onlayn bo’lishi COVID-19 vaziyatiga bog’liq.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilarga haftasiga 600 funt AQSh dollari stipendiya beriladi. Nomzodning ehtiyojidan kelib chiqib, turar joy va safar xarajatlari uchun qo’shimcha mablag’ ajratilishi mumkin.

Talablar:

  • Dasturga istalgan davlatda bakalavr kursining oxirgi yilida o’qiyotgan, magistratura va doktoranturani tamomlagan va postdoktorlik tadqiqoti olib borayotganlar ariza berishi mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod tadqiqot qilish va tadqiqot maqolalarini yozish bo’yicha bilim va tajribaga ega bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni 12-fevralgacha topshirish mumkin. Ariza bu yerda onlayn to’ldiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Biriktirilgan xat (cover letter). Bu xat motivatsiya inshosi vazifasini bajaradi, faqat xatda ko’proq Breakthrough tadqiqot instituti faoliyatini tushunishingiz, tadqiqot mavzulariga mos tajribangiz kabilarga urg’u berib yoziladi. Hajmi 1 betdan oshmasligi kerak. Cover letterga qo’shilishi kerak ba’zi ma’lumotlar haqida bu yerda o’qing.
  • CV yoki rezyume.
  • Nomzod haqida fikr bildirishi, tasdiqlashi mumkin bo’lgan shaxslarning kontakt ma’lumotlari (3 kishiniki).
  • Tavsiyanomalar (ixtiyoriy).*
  • Nomzod yozgan ishlardan uchta namuna. **

*Tavsiyanoma faqat tavsiya beruvchi shaxsan yuborganda ko’rib chiqiladi. Tavsiya beruvchi tavsiyanomani fellowships@thebreakthrough.org manziliga yuborishi mumkin. E-mail sarlavhasiga dasturga ariza berayotgan nomzodning ismi hamda “Generation Application References” deb yoziladi.

**Yozma ishlardan:

Birinchisi nomzod tomonidan yozilgan akademik insho yoki shu kabi argumentativ yozma ish bo’lishi mumkin. Insho hajmi 500-1000 so’z bo’lishi kerak. Namuna nomzodning tanqidiy fikrlash, o’z da’volarini tushunarli, to’g’ri usulda shakllantirish va umumiy yozish salohiyatini baholash maqsadida tekshiriladi. Breakthrough jamoasi tomonidan tayyorlangan namunalarni bu yerda, bu yerda yoki bu yerda o’qing. Insho biror yerda chop etilgan bo’lishi shart emas.

Ikkinchisi 15-20 betli tadqiqot maqolasi bo’lishi lozim. Ilmiy maqola ilgari chop etilgan bo’lishi shart. Maqola nomzodning ma’lum mavzuni chuqur tahlil qilish va o’rganish salohiyatini baholash uchun xizmat qiladi. 

Uchinchisi avvalgi ikki turdagi kabi namuna bo’lishi, yoki shunga o’xshash boshqacha namuna bo’lishi mumkin.

Murojaat uchun: fellowships@thebreakthrough.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!