×

Brilliant Minds MBA Scholarship: Magistratura uchun 52 000 funt sterling grant!


Grant

MUHLAT

15.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2194 marta

Angliya poytaxti Londonda joylashgan Imperial College London navbatdagi Brilliant Minds MBA Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu grant oʻta yuqori intellekt va karyera salohiyatiga ega boʻlgani holda taʼlim haqini toʻlashga qiynaladigan talabalar uchun tashkil etilgan.

Ushbu grant universitetdagi MBA dasturi uchun ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Imperial College London MBA bosqichining bir yillik kontrakt toʻlovi 2019-yil uchun 52 000 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodning oʻqish puli toʻliq qoplab beriladi. Grant yashash va boshqa qoʻshimcha xarajatlarni toʻlashni nazarda tutmaydi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Oʻta kuchli akademik tajriba, GMATdan yuqori ballga ega, shuningdek, aʼlo darajadagi professional yutuqlar sohibi boʻlishi kerak.
  2. Stipendiya oxirida GMATdan yuqori ball taqdim etishi lozim.
  3. Qabul vaqtida akademik va professional xizmatlarni baholash uchun oʻzlashtirish koʻrsatkichi.
  4. Professional tavsiyanomalar.
  5. Birinchi daraja diplomi (A first class honours degree) yoki unga teng xorijiy diplom.

Nomzodlarni saralash ularning intellekti, GMAT bali, insho, akademik yutuqlari, oʻzlashtirish koʻrsatkichi, professional tajribasi kabi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantga hujjat topshirish muhlati ikkita. Birinchisi 2019-yilning 25-yanvarigacha, ikkinchisi uchun esa, 2019-yilning 15-martigacha. Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

  1. Onlayn sriza. Topshirish: SHU YERDA.
  2. GMAT, kamida 600 ball yoki GRE.
  3. Insho (koʻrsatilgan muddatgacha mba@imperial.ac.uk manziliga “Brilliant Minds Scholarship application” sarlavhasi bilan CID raqami koʻrsatilgan holda arizaning qismi sifatida joʻnatish mumkin). Barcha nomzodlar “Eng katta akademik yutugʻingiz va nega u Siz uchun alohida gʻurur manbasi?” savoliga 700 ta soʻzgacha hajmda insho yozishlari kerak
  4. 3 yillik kasbiy tajriba.
  5. Bakalavr yoki unga teng daraja.
  6. IELTS kamida 7,0 (barcha qismlardan minimal 6,5) yoki TOEFL iBT 100 (barcha qismlardan minimal 22) ball.
  7. CV.
  8. Ikkita tavsiyanoma.
  9. Baholar varagʻi – diplom ilovasi (ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan).
  10. Motivatsion bideo (3 daqiqadan oshmasligi kerak).
  11. Roʻyxatdan oʻtish badali (100 funt-sterling).
  12. Motivatsion video (3 daqiqa).

Toʻliq hujjatlar tarkibi: SHU YERDA, ariza topshirish toʻgʻrisida: SHU YERDA, ariza bilan bogʻliq masalalarda konsultatsiya olish: SHU YERDA.

Grant natijalari 2019-yil sentyabrgacha eʼlon qilinadi. O’qish 2019-yilning sentabrida boshlanadi.

Bogʻlanish uchun: mba@imperial.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!