×

Bristol Myers Squibb Scholarship: Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

16.03.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2140 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2023-yildagi One Young World sammiti Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfastda, 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Bristol Myers Squibb kompaniyasi ushbu sammitda qatnashish uchun 5 ta toʻliq grant oʻrnini taklif qilmoqda.

Bristol Myers Squibb – bu global biofarmatsevtika kompaniyasi boʻlib, uning oliy maqsadi bemorlarga jiddiy kasalliklarni yengib oʻtishga yordam beradigan innovatsion dori vositalarini kashf etish, ishlab chiqish va yetkazib berishdir.

Kompaniya taklif qilayotgan Bristol Myers Squibb Scholarship grantlari jiddiy kasalliklar va salomatlikka oid muammolarga nomutanosib tarzda yoʻliqqan hamjamiyatlardagi sogʻliqni saqlash koʻrsatkichlarini yaxshilashda ishtirok etayotgan 5 nafar yosh yetakchi uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yuqoridagi grantlardan birini qoʻlga kiritgan 5 nafar nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • 2023-yil 2-5-oktabr kunlari Belfastda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
  • 2023-yil 1-6-oktabr kunlari bepul mehmonxona taʼminlanadi.
  • Belfastga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (ekonom klass aviachipta).
  • Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminlandi.
  • Sammit oʻtkaziladigan manzillararo qatnash uchun yer usti transporti taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Istalgan davlat fuqarolari ushbu grantga ariza topshirishi mumkin.
  • Yetakchilik salohiyatiga ega boʻlish lozim.
  • Asosiy mahalliy va/yoki global muammolar haqida tushunchaga ega boʻlish kerak.
  • Nomzodlar sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash va zaif jamoalarni qoʻllab-quvvatlash sohasida ijobiy taʼsir koʻrsatgan boʻlishi kerak.

Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida bo’ladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun ham arizalar 2023-yil 16-martgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!