×

Bristol Short Story Prize: havaskor va professional yozuvchilar uchun hikoyalar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 20 ta!


Grant

MUHLAT

26.04.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

12571 marta

Angliyaning Bristol Review of Books madaniyat jurnali muharrirlari barcha havaskor va professional yozuvchilarni 2023 Bristol Short Story Prize hikoyalar tanlovida qatnashishga taklif etadi. Tanlov Bristol Review of Books madaniyat jurnali muharrirlari tomonidan 2007-yilda tashkil etilgan.

Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad:

  • yuksak badiiy va bestseller asarlarni yigʻish va chop etish.
  • hali tanilmagan mualliflarni kashf etish.
  • ularning yozgan ishlarini keng omma eʼtiboriga havola etishdan iborat.

Grant kimlar uchun?

Barcha havaskor va professional yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 20 ta sovrinli oʻrin boʻlib, sovrindorlar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi

  • 1-oʻringa 1000 funt-sterling;
  • 2-oʻringa 500 funt-sterling;.
  • 3-oʻringa 250 funt-sterling;
  • qolgan 17 nafar gʻolibga 100 funt-sterlingdan pul mukofoti topshiriladi.

Shuningdek, tanlovda eng yaxshi deb topilgan 20 ta hikoya Bristol Short Story Prize Anthology Volume 16 da chop etiladi. 20 nafar sovrindorning har biriga ushbu antologiyaning 2 tadan bepul nusxasi beriladi. Taqdirlash marosimiga bora olmagan sovrindorlarga mukofotlar yuboriladi.

Bundan tashqari Sansom Award mukofoti ham boʻlib, bu mukofotga loyiq koʻrilgan hikoya muallifi 100 funt-sterling bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod kamida 16 yosh boʻlishi kerak (2023-yil 26-aprel holatiga koʻra).
  3. Hikoya istalgan janrda boʻlishi mumkin, janr uchun cheklov mavjud emas.
  4. Hikoyaning matniga (shrifti, interval va hk) talab qoʻyilmagan. Bu kabi texnik jihatlarni muallifning oʻzi tanlaydi.
  5. Hikoyalar ingliz tilida boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Hikoyalarlar 2023-yil 26-aprelgacha qabul qilinadi.

Hikoyalarni elektron tarzda onlayn topshirilishi yoki qogʻoz variantda pochta orqali joʻnatish mumkin. Roʻyxatdan oʻtish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

  1. Yozilgan hikoya 4000 ta soʻzdan oshmasligi kerak. Bu hajmga sarlavha kirmaydi. Hikoya istalgan mavzu va janrda yozilishi mumkin. Masalan, detektiv, drama, fentezi, kriminal, romantika va hokazo.
  2. Nomzodlar istaganlaricha hikoya bera oladi. Masalan, bitta nomzod bir nechta hikoya bilan tanlovda qatnashishi mumkin. Ammo ishtirok etish pulli – har bir kiritilgan hikoya uchun 9 funt-sterling ishtirok puli toʻlanadi. Har bir hikoya uchun badal toʻlash kerak boʻladi. Badal hajmi onlayn roʻyxatdan oʻtganda koʻrsatiladigan hikoyalar soniga qarab aniq boʻladi. Shuningdek, 250 kishi tanlovda bepul ishtirok etishi mumkin. Bu 250 ta bepul oʻrin har oy 50 nafardan kishiga taqdim etiladi. Bepul ishtirok haqida BU YERDA batafsil oʻqing (7-band).
  3. Hikoya joʻnatilganidan keyin matnni oʻzgartirish mumkin emas.
  4. Topshirilayotgan hikoya avval boshqa nashrlarda, shuningdek, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar, jurallar va boshqa platformalarda eʼlon qilinmagan boʻlishi kerak.
  5. Hikoya matni ichida hech qanday shaxsiy maʼlumotlar berilishi mumkin emas. Sababi, barcha hikoyalar anonim tarzda ekspert komissiyasiga beriladi. Yaʼni, baholash shaxsni sir saqlagan holda amalga oshiriladi.
  6. Agar nomzod istasa, tanlovga hikoyani pochta orqali joʻnatishi mumkin. Lekin onlayn ishtirok etish maqsadga muvofiq. Onlayn ishtirok etishda muammo tugʻilganda enquiries@bristolprize.co.uk manziliga murojaat qiling. Pochta orqali yuboriladigan hikoyalar quyidagi manzilga joʻnatilishi kerak: Bristol Short Story Prize, Unit 5.16, Paintworks, Bath Road Bristol BS4 3EH.
  7. Koʻp sonli muharrirlar va adiblar barcha kelib tushgan hikoyalarni oʻqib chiqib, hakamlar hayʼati uchun 40 ta hikoyani taqdim etadilar. Hakamlar esa undan 20 ta eng yaxshisini tanlab oladilar. Shuningdek, bosh gʻolib va 2- hamda 3-oʻrin sohiblarini aniqlaydilar.
  8. Barcha qatnashchilar hikoyalarining Bristol Short Story Prize Anthology Volume 15 da chop etishga rozilik bildirishlari kerak.

MUHIM: Yuqoridagi maʼlumotlar umumiy tarzda keltirilgan. Tanlovda qatnashishdan oldin tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar pochtasiga xabar joʻnatiladi.

Tanlovda 2021-yilgi Sansom Award mukofotini qoʻlga kiritgan hikoyani BU YERDA, 2022-yil bu mukofotni qoʻlga kiritgan hikoyani esa BU YERDA oʻqishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan enquiries@bristolprize.co.uk elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!