×

Britaniya Konsulligidan grant: IELTS Prize 2020; mukofot – 3 000 funt sterling!


Grant

MUHLAT

29.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2356 marta

Britaniya Konsulligi – British Council Kolumbiya, Hindiston, Pokiston, Nigeria, Birlashgan Arab Amirliklari va Oʻzbekistondan boʻlgan, IELTS imtihonini topshirgan yoshlarga IELTS Prize mukofot dasturini eʼlon qiladi. Dasturda 2019-yil yanvar va 2020-yil fevral oraligʻida IELTS topshirgan abiturientlar ishtirok etishlari mumkin. IELTS Prize yuqori salohiyatli, iqtidorli, kelajakda yuqori choʻqqilarni zabt etish niyyatidagi yoshlarga oliygohda olgan nazariy bilimlarini, amaliyotda qoʻllash, shu orqali jamiyat rivojiga hissa qoʻshishlari uchun ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Abiturientlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov yakunida yuqoridagi davlatlardan boʻlgan 10 nafar omadli ishtirokchining har biriga 3 000 funt sterling miqdoridagi pul mukofoti beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nozod Kolumbiya, Hindiston, Pokiston, Nigeria, Birlashgan Arab Amirliklari yoki Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod 2019-yil yanvar va 2020-yil fevral oraligʻida IELTS topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  4. Nomzod 2020-2021 oʻquv yilida bakalavr/magistratura/PhD bosqichida oʻqishni boshlashi kerak.
  5. Nomzod IELTS sertifikati imtihonining bir qismi sifatida talab etiladigan oliy taʻlim muassasasiga hujjat topshirgan/qabul qilingan boʻlishi kerak.
  6. Nomzodning IELTS natijasi 5.0 va undan baland boʻlishi kerak.
  7. Nomzod 2020-yil iyulgacha oliygohga qabul qilinganligi haqidagi hujjatni taqdim etishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod shu yerda roʻyxatdan oʻtishi, onlayn arizani toʻldirishi va talab etilgan hujjatlarni kerakli oʻrinlarga yuklashi kerak. Dedlayn – 29-fevral

Kerakli hujjatlar:

  1. IELTS sertifikati
  2. Passport hajmidagi rasm.
  3. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (nomzodning haqiqatdan Oʻzbekiston fuqarosiligini isbotlash uchun)..
  4. Maʼlumotnoma – koʻrish, eshitish, qabul qilishida muammolari boʻlgan nomodlar uchun (Special requirements certificate – agar mavjud boʻlsa).

Hujjatlar roʻyxati va ularga qo’yilgan talablar haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

Natijalar 2020-yil avgust oyida eʻlon qilinadi va mukofotlar gʻoliblarga topshiriladi.

Tanlov haqidagi to’liq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy sayti yoki savol-javoblardan topishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!