×

Britaniyadagi Islom tadqiqotlari markazidan magistratura uchun toʻliq grantlar!


Grant

MUHLAT

14.06.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4266 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Kardiff universiteti tarkibidagi Islom tadqiqotlari markazi Jameel Scholarship grant dasturiga arzalar qabul qilmoqda. Bu markaz yuqori sifatli taʼlim va tadqiqot orqali Islom dini va Britaniyadagi musulmonlar hayotini yaxshiroq tushunchaga ega boʻlishni ragʻbatlantirish ustida ish olib boradi.

Mazkur dastur doirasida Islam in Contemporary Britain (MA) magistrlik dasturida tahsil olish uchun 4 nafar nomzodga grant ajratiladi. Grantlar 2022-2023-oʻquv yilidan oʻqishni boshlash uchun taqdim etiladi. Uzluksiz taʼlim (full-time) oʻqish uchun ariza topshiruvchilar ham, sirtqi taʼlim (part-time) shaklida oʻqish uchun ariza topshiruvchilar ham mazkur grantga daʼvogarlik qilishi mumkin.

Bu magistrlik dasturida uzluksiz taʼlim 1 yil, sirtqi taʼlim esa 2 yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan 4 nafar magistr quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Magistraturada oʻqish haqi toʻliq qoplanadi.
  • 15 896 funt-sterling (taxminan 19 530 AQSH dollari) miqdorida yillik stipendiya beriladi.
  • Tadqiqot xarajatlari uchun 1 yilga 1000 funt-sterling (taxminan 1230 AQSH dollari) mablagʻ beriladi.

Eslatma: Sirtqi taʼlim shaklida oʻqiydigan talaba bu grantni qoʻlga kiritsa, yuqorida qayd etilgan atipendiya va tadqiqot xarajatlari uchun mablagʻ 2 yilga boʻlib toʻlanadi.

Talablar:

Kardiff universitetidagi Islam in Contemporary Britain (MA) magistrlik dasturining qabul talablariga mos boʻlgan barcha nomzodlar ushbu grantga ariza berishi mumkin.

Bu magistrlik dasturiga qabul talablari quyidagicha:

  • Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar yoki ushbu magistrlik dasturiga aloqador sohada olingan 2:2 honours bakalavrlik diplomi yoki shunga teng bakalavrlik diplomi. Oʻzbekiston holatida bu 100 ballik tizimda bakalavriat baholarining oʻrtachasi 70% balldan kam boʻlmasligi kerak degani.
  • Britaniyadagi Islom dini, tarixi, hozirgi kuni va kelajagini oʻrganish va tushunishga qiziqish kerak.
  • Agar yuqoridagi sohalardan boshqa sohada bakalavrlik diplomi olganlar ham topshirmoqchi boʻlsa, bunday nomzodlar shu sohada mehnat tajribasiga ega boʻlishi kerak. Mehnat tajribasi ish joyidan beriladigan tavsiyanoma orqali tasdiqlanishi kerak boʻladi.
  • Kamida IELTS 6.5 (hech bir boʻlini 5.5 dan past boʻlmasligi kerak) yoki shunga teng darajadagi bopshqa xalqaro til sertifikati talab etiladi.

Qabul talablari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistrlik dasturi va grantga alohida-alohida ariza topshiriladi. Grantga daʼvogar sifatida koʻrib chiqilishni xohlovchi nomzodlar 2022-yil 13-iyungacha ariza topshirish lozim (birinchi magistrlik dasturiga, keyin grantga ariza topshiriladi).

Arizalar quyidagi havolalar orqali topshiriladi:

Magistrlik dasturi va talab etiluvchi hujjatlar bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Grant haqidagi rasmiy eʼlonni BU YERDAN topasiz.

Ushbu grant boʻyicha savollar yuzasidan quyidagi elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin: jameelscholarships@cardiff.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!