×

British Council’dan bepul ingliz tili kursi: ish muhiti uchun ingliz tilini o’rganing


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

7109 marta

Britaniya Konsulligi (the British Council) tomonidan kasbiy faoliyatda foydalaniladigan ingliz tili bepul onlayn kursiga ro’yxatdan o’tish uchun arizalar qabul qilinmoqda.  Ushbu kurs ingliz tilini o’rganayotgan va ish joyi va kontekst bo’yicha ingliz tilini rivojlantirishga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan. Bu ish qidiruvchilarga va yosh mutaxassislarga ingliz tilini bilishlari uchun yordam beradi. Kursda har hafta ish joyida ingliz tilining asosiy jihatlari o’rgatiladi. O’qish davomida ish izlayotgan, suhbatga tayyorgarlik ko’rayotgan, intervyu olgan, yangi ishini boshlagan va yangi hamkasblar bilan ishlaydigan odamlarning videolarini tomosha qilasiz va audio yozuvlarini tinglaysiz. Kursni olib boruvchi tajribali mutaxassis esa ishga aloqador vaziyatlarda ingliz tili qanday ko’rinishda qo’llanilishini tahlil qilib beradi va ish joyidagi kontekstda ingliz tilini yaxshilashga yordam beradigan foydali usullarni o’rgatadi.

Kursda biror til dasturi emas, ish joyidagi ingliz tili boshlang’ich nuqta sifatida olinadi va amalda ish muhitida qo’llaniladigan birikmalarini va haqiqiy ish vaziyatlarni ko’rsatib beradi. Qisqa viktorinalar va munozaralar orqali o’rganuvchining bilimini o’lchash va amalda qo’llashga erishiladi. Kurs quyidagi mavzularni qamrab oladi:

Ish topish

Suhbatdan o’tish

Ish boshlash

Ishlash jarayoni

Grant kimlar uchun?

Ishda ingliz tilida foydalanishga ehtiyoji borlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Nomzod ariza yozish, suhbatdan o’tish kabi ishga bog’liq jarayonlarda ingliz tilini qanday ishlatishni o’rganadi.
  2. Ariza berish va intervyularda nima to’g’ri va nima xato ekanini o’rganadi.
  3. Ish muhitida jamoa bo’lib ishlash haqida o’rganadi.

Kurs 1 oy davom etadi va unda qatnashish bepul. Kurs materiallaridan 6 oygacha bepul foydalanish mumkin. 54 AQSh dollari evaziga esa kurs materiallaridan doimiy foydalanish mumkin.

Talablar:

Kursda ingliz tilini chet tili sifatida o’rganayotganlar va ingliz tilini kamida A2 darajasida biladiganlar ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Kursga bu yerda ro’yxatdan o’ting. Kursga istalgan vaqt yozilib, o’zingizga qulay grafikda o’qishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!